Andijonda davlat yerini 39 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Andijon viloyati Marhamat tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini noqonuniy sotishga uringan shaxs ushlandi.
Aniqlanishicha, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqa shaxslar bilan kelishgan holda 24 sotix davlat yerini go‘yoki turar joy toifasiga o‘tkazilganini aytib, xaridorga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U yerning har bir sotixini 1700 dollardan, jami 39 ming dollarga sotishga kelishgan.
Tezkor tadbir vaqtida gumonlanuvchi kelishilgan pulning 25 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“juda ko‘p miqdorda firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!