OTMlarga kirish testlari yakunlandi: endi yo‘nalish tanlash boshlanadi
Davlat oliy ta’lim va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan 2026 yilgi test sinovlari 23-iyul kuni to‘liq yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, test sinovlarining so‘nggi — 10-kunida respublika bo‘yicha 45 ming nafardan ortiq abituriyent ishtirok etgan. Ushbu kunda test sinovlari tartib-qoidalarini buzish holatlari qayd etilmagan.
10 kun davom etgan imtihonlarda ishtirok etishi belgilangan 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i qatnashgan. Test jarayonida qoidalarni buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa sinovdan chetlashtirilgan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 24-iyul kuni test sinovlarining 10-kuni natijalari e’lon qilingach, abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) ikkinchi bosqichda yo‘nalish va oliy ta’lim muassasalarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!