Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovnoma O‘zbekistonda qarz yuki aholining katta qismi uchun dolzarb muammoga aylanganini ko‘rsatdi. Qarzdorlarning 61 foizi kreditlarini o‘z vaqtida qaytarishda qiynalayotganini bildirgan.
Tadqiqot 2026-yilning 20–27-yanvar kunlari mamlakatning barcha hududlarida o‘tkazilib, unda qariyb 5 800 nafar fuqaro ishtirok etgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 77 foizi o‘zi yoki oila a’zolaridan kamida birida bank yoki bankdan tashqari qarz majburiyati mavjudligini bildirgan. Respondentlarning 68 foizi bank kreditiga ega ekanini aytgan.
Qarz majburiyatiga ega bo‘lganlarning 61 foizi kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishda qiynalayotganini ma’lum qilgan, 39 foizi esa bunday muammoga duch kelmayotganini bildirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!