$
12829.07 UZS
-15.14
124.91 UZS
-2.44
13344.80 UZS
-163.46
16° Kechasi

Prezidentlikni otasidan meros olgan davlat rahbarlari

14:40 / 16.03.2022

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatining butun eʼtibori Ukraina Rossiya o‘rtasidagi voqealarda bo‘lib turgan bir pallada, 12 mart kuni Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning “arzanda” o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov g‘alaba qozondi.

Bugun, XXI asr bo‘lishiga qaramay “Arqadag‘” xuddi o‘rta asrdagiga o‘xshab, hokimiyatni o‘g‘liga meros qilib berdi. Ajablanarlisi zamonaviy dunyoda prezidentlikni otasidan bevosita yoki bilvosita meros olib davlatni boshqarayotgan prezidentlar talaygina.

Ushbu maqolamizda rahbarlik kursisini otasidan meros olgan prezidentlar haqida maʼlumot beramiz.

Ozarbayjondagi Aliyevlar sulolasi

Bu sulola hokimiyatga ancha oldin, aniqrog‘i 1969 yilda kelgan. O‘sha vaqtda Ozarbayjon SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) rahbari Haydar (Geydar) Aliyev Respublika kommunistik partiyasining birinchi kotibi lavozimiga tayinlandi. Bundan maqsad Ozarbayjonda korrupsiyaga qarshi kurashish edi. Yangi rahbar o‘zini ko‘rsatib mamlakatda korrupsiyaning ko‘lamini ancha qisqartirdi.

1982 yilning noyabr oyida SSSR rahbari Leonid Brejnev vafot etdi. Uning o‘rnini KGB rahbari Yuriy Andropov egalladi. Aliyev Andropov bilan yaxshigina tanish edi. Shu sababli Haydar Aliyev SSSR Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va siyosiy byuro aʼzosi lavozimiga ko‘tarildi. U 1987 yilda nafaqaga chiqdi.

1991 yil Sovet Ittifoqi parchalangach, demokrat Abulfaz Elchibey hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi. Lekin uning hukmronligi ko‘pga bormadi. 1993 yilda Abulfaz Elchibey Aliyevning qo‘li bilan hokimiyatdan ag‘darildi. O‘sha yili o‘tkazilgan prezidentlik saylovida “KGB”chi Haydar Aliyev 98,8 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. U mamlakatda avtoritar rejim va shaxsga sig‘inish siyosatini o‘rnatdi.

2003 yilda Haydar Aliyevning ahvoli keskin og‘irlashdi. O‘sha yilning oktyabr oyida Ozarbayjonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Haydar Aliyev o‘g‘li Ilhom Aliyevni yillar davomida o‘zidan keyingi rahbar sifatida tarbiyaladi. Axir, kim ham hokimiyatni begona qo‘llarga berishni istardi? Ilhom Aliyev mamlakatda otasidan keyingi eng obro‘li shaxs bo‘lib, o‘sha vaqtda u Bosh vazir edi.

2003 yilgi saylovda Ilhom Aliyev o‘z nomzodini prezidentlikka ilgari surdi. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovda kichik Aliyev katta farq bilan g‘alaba qozonib, Ozarbayjonning to‘rtinchi prezidentiga aylandi. Shundan beri Ilhom Aliyev qatorasiga to‘rt marta 2003, 2008, 2013 va 2018 yillardagi prezidentlik saylovlarida mutlaq g‘alaba qilib, mamlakatni boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda uning rafiqasi Mehribon Aliyeva mamlakatning vitse-prezidenti hisoblanadi. Aliyevning o‘g‘li Geydar Aliyev hali 22 yoshda bo‘lishiga qaramasdan bir nechta yirik kompaniyalarga egalik qiladi. Katta ehtimol bilan u otasining o‘rnini egallaydi. Axir, uning bobosi hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun ozmuncha harakat qilganmi?!

Shifokorlar oilasi

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, Karib havzasida joylashgan Gaiti davlatida bir qator siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. 1956 yilgi prezidentlik saylovida Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan shifokor Fransua Dyuvalye o‘z nomzodini ilgari surdi. Biroq u g‘alaba qozona olmadi. Alamzada bo‘lgan Fransua Dyuvalye bir yildan so‘ng hokimiyatni harbiylar yordamida egallab oldi. Hokimiyat boshqaruviga kelgan Fransua Dyuvalye, o‘zining hukmron partiyasidan tashqari barcha partiyalarning faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. U mamlakatda siyosiy tozalash uyushtirib, o‘z raqiblarini yo‘q qildi. Aholi ustidan toatal nazorat o‘rnatish uchun diktator “Milliy xavfsizlikning ixtiyoriy militsiyasi” deb nomlangan otryad tuzdi. Ular mamlakatdagi o‘zgacha fikrlovchilarni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan. Ularni “tanton makuta” deb ham atashgan.

Fransua Dyuvalye o‘zini Gaitining umrbod prezidenti, o‘g‘li Jan-Klod Dyuvalyeni esa o‘zining vorisi deb eʼlon qildi. U 1971 yilda diabetdan vafot etdi. Shundan so‘ng uning 19 yoshli o‘g‘li Jan-Klod Gaitining navbatdagi rahbari va dunyodagi eng yosh prezidentga aylandi. 1985 yilda mamlakatda referendum bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Jan-Klod Gaitining umrbod prezidenti etib tayinlandi. Biroq bir necha oydan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Diktator mitingga chiqqanlarni o‘qqa tutdi. Shundan so‘ng Gaitida tartibsizliklar boshlanib ketdi. Buning oqibatida Jan-Klod mamlakatdan qochib ketdi.

Франсуа Дювалье (справа) беседует с Барроми, израильским представителем в Гаити. 1963 год. Фото: wikipedia.org

Suriyadagi Asadlar oilasi

1965 yilda Damashqda tug‘ilgan Bashar Asadning otasi Hafiz Asad o‘sha paytlarda Suriya Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni, brigada generali edi. Mamlakatdagi diniy ozchilik bo‘lgan alaviylar oilasidan ekanligiga qaramay Hafiz Asad davlat to‘ntarishi uyushtirishga va hokimiyat tepasiga kelishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay u “Baas” partiyasi boshqaruvini ham egalladi va vakolatlarini kengaytirish bilan hokimiyatini mustahkamlab oldi hamda 29 yil hukmronlik qildi.

Hafiz Asadning Basil, Rifat va Bashar ismli uchta o‘g‘li bor edi. Otaning rejasiga   ko‘ra, uning o‘rnini to‘ng‘ich o‘g‘il egallashi kerak edi. Biroq o‘rtancha o‘g‘il Rifat bundan norozi bo‘ldi. U otasi betob bo‘lib qolganidan foydalanib, hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Biroq uning bu rejasi fosh bo‘lgach, Rifat badarg‘a qilindi.

1994 yilda Basil kutilmaganda avtohalokat oqibatida vafot edi. Shundan so‘ng Hafiz Asadning yagona o‘g‘li qoldi. Bu Bashar Asad bo‘lib, u Buyuk Britaniyada boshqa nom ostida oftalmologiya bo‘yicha tahsil olgan va boshqaruvida unchalik katta tajribaga ega emasdi. Uning o‘zi hokimiyat tepasiga kelishini kutmagan bo‘lsa ham kerak. Shu tariqa 2000 yilda Hafiz Asad yurak xurujidan vafot etganidan so‘ng davlat boshqaruvi Bashar Asadga o‘tdi.

Yevropa taʼlimini olgan Bashar Asad Sharqning boshqa diktatorlariga o‘xshamadi.  2000 va 2007 yillarda Bashar Asad yagona nomzod sifatida prezidentlikni egalladi. 2011 yilda Xomsda bo‘lib o‘tgan talabalar namoyishini shafqatsizlarcha bostirganidan so‘ng Bashar Asadning asl yuzi fosh bo‘ldi. Shundan keyin mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. 2014 yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Bashar Asad 88,7 foiz ovoz bilan uchinchi muddatga saylandi. Biroq dunyoning aksariyat davlatlari saylovning natijalarini tan olmadi.

2021 yilning iyul oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Bashar Asad 95,01 foiz ovoz bilan to‘rtinchi muddatga saylandi va hozirga qadar mamlakat boshqaruvida.

Kimlar sulolasi

Ikkinchi jahon urushi oxiriga kelib, Koreya orolining shimoliy qismi Sovet armiyasi, janubiy qismi esa AQSH tomonidan ishg‘ol qilindi. 1945 yilda Koreya yarim orolini SSSR va AQSH 38-parallel chizig‘i bo‘yicha bo‘lib olishdi. Shundan so‘ng dunyo xaritasida yangi ikkita davlat paydo bo‘ldi. Bular: Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR yoki Shimoliy Koreya) va Janubiy Koreya Respublikasi.

Shimoliy Koreyaning ilk rahbari Kim Ir Sen bo‘lib, uning asl ismi Kim Song Ju edi. Bu ism “chiqayotgan quyosh”, degan maʼnoni anglatadi. U mamlakatda “chuchxe” mafkurasini yoydi. “Chuchxe” bu ham din, ham mafkura, ham siyosat, ham tarix hisoblanadi. Bu mafkuraga ko‘ra, eng zo‘r matematik, eng zo‘r jangchi, eng zo‘r iqtisodchi davlat rahbari hisoblanadi. Kim Ir Sen mamlakatda kuchli shaxsga sig‘inish siyosatini olib bordi.

1970 yilda Kim Ir Sen o‘g‘li Kim Chen Irni o‘zining vorisi deb eʼlon qildi. Bunga qarshi chiqqanlar qatag‘on qilindi. 1994 yilda Kim Ir Sen vafot etdi. Uning o‘rnini Kim Chen Ir egalladi. Kim Ir Senning o‘limi Shimoliy Koreya xalqini qattiq qayg‘uga soldi. Aholi shu darajada qayg‘uga cho‘mdiki, hatto ko‘plab fuqarolar buni ko‘tara olmay diktatorning ortidan boqiy dunyoga rixlat qilgani aytiladi.

Kim Chen Ir otasining siyosatini “sadoqat” bilan davom ettirdi va mamlakat o‘zining siyosiy rejimidan og‘ishmadi. Biroq umr qisqa. 2011 yilda Shimoliy Koreya dohiysi Kim Chen Ir vafot etdi. Uning dafn marosimida minglab insonlar dohiyning ortidan dod-voy solib yig‘lagan tasviri tushirilgan video lavhalar dunyo ahilini hayratga soldi. Kim Chen Irning vafotidan so‘ng esa hokimiyat boshqaruvi yosh va tajribasiz Kim Chen In qo‘liga o‘tdi.   

Maʼlumotlarga ko‘ra, Kim Chin Inning bolaligi Shveysariyada Shimoliy Koreya diplomatining o‘g‘li niqobi ostida o‘tgan. U Shimoliy Koreyaga rahbar bo‘lgach mamlakatda harbiy paradlar, yadroviy sinovlar va shaxsga sig‘inish holatilari kuchaydi. Koreya rahbarini shafqatsiz deb atashadi.

2014 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining bergan maʼlumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada siyosiy mahbuslar saqlash uchun to‘rtta yirik lager tashkil etilgan bo‘lib, ularda 80 mingdan 120 minggacha odam saqlanadi. Lekin hozirda qancha koreyalik panjara ortida o‘tirgani nomaʼlum.

“Arqadag‘” II

Saparmurod Niyozov Turkmanistonni 30 yil boshqarib, o‘ziga xos shaxsga sig‘inuvchi sharqona diktaturani yaratdi. “Turukmanboshi” qog‘oz pullarga o‘z suratini tushirtirdi, ko‘cha va shaharlarni o‘z nomi bilan atadi. Axloq qoidalariga ko‘ra, u bilan uchrashgan amaldorlar uning qo‘lini o‘pishi kerak edi. Shu darajaga yetdiki, oy nomlari uning oila aʼzolari sharafiga o‘zgartirildi.

2007 yilda Niyozov vafoti etdi. Uning o‘rniga Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat prezidenti bo‘ldi. Ammo Berdimuhamedov mamlakatdagi rejimni o‘zgartirmadi. U o‘zining kutilmagan qarorlari va serqirra qiziqishlari bilan dong taratdi.

2022 yil 11 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z lavozimini yosh yetakchilarga topshirib, Xalq maslahati raisi sifatida qolishini aytdi. Shundan so‘ng, Markaziy Saylov komissiyasi 2022 yilning 12 mart sanasini Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezidentlik saylov kuni deb belgiladi.

Aslida mamlakatda yagona yosh kadr bo‘lib, u ham bo‘lsa davlat rahbarining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov edi. Kichik Berdimuhamedov 2011-2013 yilda BMTning Jenevadagi (Shveysariya) bo‘limi Turkmaniston vakolatxonasida maslahatchi lavozimida ishlagan. Bundan tashqar 2016-2019 yillar oralig‘ida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Ot izini toy bosadi deganlaridek, 14 mart kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan navbatdan tashqari Prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov g‘alaba qozondi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Sardor Berdimuhamedovga saylovda qatnashganlarning 72,97 foizi ovoz bergan.

Bo‘lajak Prezident

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning ham merosxo‘ri tayin. Uning Rustam ismli o‘g‘li bo‘lib, u bugungi kunda poytaxt Dushanbe shahrining hokimi hisoblanadi. Rustam har jihatdan prezidentlikka nomzod bo‘la oladi. U o‘zini siyosat olamida sinab ko‘rmoqda. Axir, uning ortida qo‘llab-quvvatlovchi kimsan – rahnamosi bor. Imomali Rahmon ham hokimiyat kursisini o‘g‘li uchun hozirlab qo‘ygan. Tojikistonda prezidentlikka nomzodlardan talab qilinadigan minimal yosh ko‘rsatkichi 35 dan 30 ga tushirilgani bunga isbot bo‘la oladi. Lekin buni hali vaqt ko‘rsatadi…


Qiziqarli


														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

														
														Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati Kansay qishlog‘ida dinozavrlarning boy majmuasi, terizinozavrlar qoldiqlari topildi.
10:00 / 13.11.2024

														
														Marsda qadimiy okean izlari topildi

Marsda qadimiy okean izlari topildi

Xitoylik planetologlar “Chjunjun” marsoxodi Mars sayyorasida taxminan 3,5 milliard yil oldin ulkan okean bo‘lganini tasdiqlo…
09:54 / 11.11.2024

														
														Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Bu haqda Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Badriddin Maqsudov ma’lum qildi. Qo‘lyozma To…
12:25 / 10.11.2024

														
														132 yil oldin yozilgan maktub topildi

132 yil oldin yozilgan maktub topildi

BBC nashrining xabar berishicha, Shotlandiya janubidagi Korsvoll mayog‘i devorlari ostidan ichida 132 yil avval yozilgan mak…
12:20 / 10.11.2024

														
														Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai kompaniyasi yaqinda vodorod dvigateliga ega bo‘lgan, dron va avtopilot funksiyasi bilan jihozlangan yangi turdagi “H…
09:29 / 06.11.2024

														
														Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

BBCning ma’lumotiga ko‘ra, endi Yaponiyada velosiped haydab ketayotib, mobil telefondan foydalangan fuqarolar olti oygacha q…
16:44 / 04.11.2024

Bu ham qiziq

BAAda isroillik ravvinning jasadi topildi

BAAda isroillik ravvinning jasadi topildi

Shuningdek, uning o‘limida Eron tomonidan yollangan o‘zbek fuqarolari gumon qilinmoqda.
20:40 / 24.11.2024
Isroil G‘azodan ko‘ra Livanda sulh tuzishni afzal biladi

Isroil G‘azodan ko‘ra Livanda sulh tuzishni afzal biladi

The New York Times gazetasining xabar berishicha, Isroil va Livan o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan kelishuvning tafsilotlari ma’lu…
09:21 / 23.11.2024
Zumerlar aslida kim?

Zumerlar aslida kim?

Bugungi axborot davrida ko‘plab yangidan yangi atamalar paydo bo‘lmoqda yoki eski atamalar ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanis…
10:31 / 23.11.2024
O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 17,3 foizga oshdi

O‘zbekistonda oziq-ovqat eksporti 17,3 foizga oshdi

O‘zbekiston joriy yilning yanvar-oktabr oylarida umumiy qiymati 1,7 milliard dollar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ekspor…
19:01 / 24.11.2024
Tramp moliya vaziri lavozimiga milliarder Skott Bessent nomzodini taklif qildi

Tramp moliya vaziri lavozimiga milliarder Skott Bessent nomzodini taklif qildi

Bu haqda Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
08:29 / 23.11.2024
AQSh uyg‘urlar mehnatidan foydalanadigan Xitoy kompaniyalarining “qora ro‘yxatini” kengaytirdi

AQSh uyg‘urlar mehnatidan foydalanadigan Xitoy kompaniyalarining “qora ro‘yxatini” kengaytirdi

AQSh mahsulotlari mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan kompaniyalarning “qora ro‘yxatini” yana kengaytirganini e’lon qildi.
14:46 / 24.11.2024
Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024
Samarqandda atom energiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

Samarqandda atom energiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

2024-yil 5-dekabr kuni Samarqandda “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiy…
22:19 / 24.11.2024
25-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

25-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 2-4, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
22:37 / 24.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!