$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Qanday mahsulotlar vazn yo‘qotishga yordam beradi?

20:37 / 18.04.2022

Agar siz kaloriya miqdorini nazorat qilmasangiz, har qanday mahsulot iste’moli ortiqcha vazn yig‘ishga sabab bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, iste’mol qilgan mahsulotlar bergan kaloriyani sarflashga ulgurmaslik semizlikka olib keladi. Shu bilan birga, parhez samaradorligini oshirishga yordam beradigan mahsulotlar mavjud.

1. Qovurilgan baliq 

Baliq nafaqat go‘shtga qaraganda kamroq kaloriya, balki yurak va miya salomatligi uchun foydali bo‘lgan “omega-3” ko‘p to‘yinmagan kislotalarni o‘z ichiga oladi hamda vazn yo‘qotish uchun qulay gormonal muhit yaratadi.

Qovurilgan baliq iste’mol qilish qondan glyukozani tozalaydigan gormon – insulinga sezgirlikni oshirishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha vazn olish, metabolik sindrom va energiya almashinuvi buzilishining xavfini kamaytiradi. 

Продукты для похудения: жирная рыба

Bundan tashqari, qizil ikra, seld balig‘i va sardalyalarni iste’mol qilish yallig‘lanishni kamaytiradigan va qorin bo‘shlig‘ida vazn yo‘qotishiga yordam beruvchi gormon – adiponektin darajasini oshiradi.

Ilmiy tadqiqotning meta-tahlili shuni ko‘rsatadiki, qovurilgan baliq qabul qilish xoh diyeta bilan, xoh dietasiz bel atrofidagi semirishni kamaytirishga yordam beradi.

Ba’zi go‘shtli ovqatlarni baliq bilan almashtirishga harakat qiling – va siz nafaqat dietaning kaloriya miqdorini kamaytirasiz, balki sog‘liq uchun qo‘shimcha foyda ham olasiz.

2. Chili qalampiri

Chili qalampiri tarkibida kapsaitsin mavjud bo‘lib, u ovqatdan keyin to‘yish hissini uzaytiradi. Shuningdek, u oziq-ovqat bilan bog‘liq termogenezni, ozuqa moddalarini hazm qilish va so‘rish uchun tananing energiya sarfini oshirishi mumkin.

Ikkita meta-tahlil natijasisha ko‘ra, tanaga kapsaisin qo‘shilishi 4-12 hafta ichida vazn yo‘qotishni ta’minlaydi va diyetasiz ham taxminan 0,5 kg yo‘qotishga yordam beradi.

Продукты для похудения: перец чили

Bundan tashqari, achchiq qalampir iste’moli qisqa muddatda semirish ehtimolini kamaytiradi.

Shunday qilib, agar siz achchiqni yoqtirsangiz, har qanday taomga chili qo‘shing. Albatta, ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolarga olib kelmaslik uchun o‘rtacha miqdor tavsiya qilinadi.

3. Qora shokolad

Kamida 70 foiz kakao tarkibiga ega shokolad organizmdagi oksidlovchi stress va yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradigan antioksidantlar, tabiiy birikmalar ko‘pligi tufayli tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, achchiq “plitka”lar tanamizning asosiy xarajati bo‘lgan dam olish uchun energiya sarfini oshirishi mumkin.

Kichik tajribada ayollar ikki guruhga bo‘lingan. Ba’zilariga kuniga 20 gramm qora shokolad, boshqalariga esa kaloriya bo‘yicha xuddi shunday miqdorda sutli shokolad berilgan. Ishtirokchilarning energiya sarfini o‘lchab, tadqiqotchilar yuqori foizli kakao bo‘lgan shirinlik dam olish uchun energiya sarfini 9,6 foizga oshiradi degan xulosaga kelgan.

Boshqa bir tadqiqotda, keksa ayollar ertalab yoki kechqurun 100 gramm shokolad iste’mol qilgan, qolgan vaqtda esa ular xohlagancha ovqatlangan.

Shokoladning yuqori kaloriyali tarkibiga (542 kkal) qaramay, ishtirokchilar tajribaning 28 kunida ortiqcha vaznga ega bo‘lishmadi. Ularning ishtahasi va shirinliklarga bo‘lgan ishtiyoqi kamaydi va kun davomida yog‘ to‘planishiga yordam beruvchi stress gormoni – kortizol kamayishi kuzatildi.

Qora shokoladni hatto past karbongidratli diyetada ham iste’mol qilish mumkin. Shunday qilib, bir tajribada odamlar tarkibida 81 foiz kakao bo‘lgan 42 gramm mahsulot iste’mol qilib, avvalgisiga qaraganda 10 foiz ko‘proq vazn yo‘qotgan. Bundan tashqari, tajriba tugaganidan keyin ham ularda qo‘shimcha vaznga ega bo‘lish holati kuzatilmagan.

4. Kivi

Kivi tarkibida olma, apelsin, banan, qulupnay va ko‘katlarga qaraganda “S”, “Ye”, “K” vitaminlari ko‘proq mavjud.

Kivi antioksidantlarning boy manbai sifatida tanani oksidlovchi stress va yallig‘lanishdan himoya qiladi, immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi va vazn yo‘qotishga yordam beradi.

Tadqiqotlarning birida, “S” vitamini yetarli bo‘lgan odamlar jismoniy faollik paytida ushbu antioksidant etishmasligidan aziyat chekadiganlarga qaraganda 30 foiz ko‘proq yog‘dan qutulishadi.

Shirin va nordon meva sizga boshqa yo‘l bilan vazn yig‘ishga yordam beradi – uyquga ta’siri orqali. Tungi dam olishning yetarli darajada bo‘lmasligi vazn olish xavfini oshiradi, parhezlar samaradorligini pasaytiradi va qorindagi yog‘larning to‘planishiga hissa qo‘shadi. Biroq kivi vaziyatni to‘g‘irlashi mumkin.

Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, bir oy davomida yotishdan bir soat oldin ikkita meva iste’mol qilish uyqu davomiyligini 13,4 foizga oshiradi, uxlab qolish vaqtini qisqartiradi va tungi uyg‘onishlar sonini kamaytiradi.

5. Yogurt

Yogurt tarkibida taxminan 2,7 foiz sut oqsili, 15 foizdan kam yog‘ va ichak salomatligi uchun foydali bo‘lgan sut kislotasi bakteriyalari “Bifidobacterium lactis” va “Lactobacillus acidopxilus” mavjud.

Tadqiqotlarga ko‘ra, yogurtni ko‘proq iste’mol qilgan odamlarda tana massasi indeksi, bel atrofi va tanadagi yog‘ miqdori pastroq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan vaznni saqlashda yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, ushbu mahsulot vazn yo‘qotish natijalarini yaxshilashi mumkin. 

Salomatligingizga e’tiborli bo‘ling. Chunki hayot bir marta beriladi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!