$
12880.35 UZS
-29.8
156.68 UZS
-3.1
14535.47 UZS
-125.3
33° Kechasi 20°

Qanday qilib intizomli odamga aylanish mumkin?

08:00 / 22.03.2022

Shaxsiy intizom masalasi koʻpchilik uchun katta ahamiyatga ega. Bu aksariyat holatlarda oʻqish yoki ishdagi samaradorlikni belgilab beradi, oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni oshiradi.

Eng avvalo shaxsiy intizom tushunchasining nima ekanligini aniqlab olaylik – bu odamning oʻz xatti-harakatlari, yurish-turishi, hayotining har bir kunini nazorat ostida tutish qobiliyatidir. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, intizom tugʻma boʻlmaydi, u yillar davomida doimiy mashq qilish natijasida shakllanadi. Kun tartibiga amal qilish ham intizomning oʻziga xos koʻrinishlaridan biri. Kichik yoshli bolalarga ovqatlanish, dars qilish, sayrga chiqish, shaxsiy gigiyena uchun vaqt ajratib berish ham ularni intizomga oʻrgatadi.

Agar oʻzingizni yetarli yetarlicha intizomli odam deb bilmasangiz, bu holat oʻqish va ish jarayonida sizga koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan boʻlsa, oʻzingizda intizomni shakllantirishni bugundanoq boshlang. Quyidagi 5 tavsiya sizga bu borada katta yordam beradi.

1. Ishlaringizni rejalashtiring.

Buning uchun maxsus kundalik tutishni maslahat beramiz. Unga amalga oshirishingiz kerak boʻlgan ishlar, maqsadlaringiz, rejalaringiz, daromad koʻrsatkichlari, kun tartibi, muhim sanalarni qayd etib borasiz. Yakunlagan ishingizni yondaftardan oʻchirib qoʻyasiz, bu intizomingizdan qoniqish hissini keltirib chiqaradi, natijada keyingi ishlarni ham bajarishga moyillik va istak paydo boʻladi.

2. Odatlarni shakllantiring.

Oʻzingiz uchun har kuni va bir vaqtda takrorlanadigan yumushlar oʻylab toping. Bu maʼlum bir vaqtda tish yuvish, dush qabul qilish, nonushta tanovuli, ishlarni rejalashtirish va ular kundalikka qayd etib qoʻyish kabi yumushlar boʻlishi mumkin. Qanchalar charchagan boʻlishingizga qaramay, uhlashdan avval tishlarni tozalamasdan turib yostiqqa bosh qoʻymang. Har dam olish kuni uyingizni tozalab chiqing, kirlarni yuving, gullarga suv quying. Bir qarashda oʻta oddiy koʻringan bu kabi yumushlarni har kuni bajarish natijasida sizda shaxsiy intizom paydo boʻladi.

3. Murakkab yumushlarni kichik qismlarga boʻlib bajaring.

Oʻz oldingizga qoʻygan maqsadingizni kichik qadamlarga boʻlib chiqish unga erishish jarayonini osonlashtiradi. Bu borada perfeksionizmni bir chetga surib qoʻyish kerak boʻladi. Bir joyda qotib turgandan koʻra, kichik qadamlar bilan boʻlsa ham maqsad tomon harakatlanish yaxshiroq ekanligini unutmang. Har kuni uxlash oldidan maqsadingizga erishish uchun bugun qanday ish qilganingizni oʻylang va keyingi kun uchun reja tuzib qoʻying.

4. Oʻzingiz sevgan biror narsadan voz keching.

Shaxsiy intizomni shakllantirish baʼzi odatlardan voz kechishni ham talab qilishi mumkin. Oʻzingiz sevgan biror narsadan — shirinliklar, ijtimoiy tarmoqlar, seriallar, dugonalar bilan uzoq suhbat qurish voz keching. Intizomni chiniqtirish uchun qarshingizdagi stolga bir boʻlak shirinlik qoʻying va 10 daqiqa davomida unga teginmasdan qarab turing. Shundan keyin shirinlikni muzlatgichga solib qoʻying va u haqida butkul unuting. Bu kabi mashqlar irodangizni ham mustahkamlaydi.

5. Intizomni shakllantirishdagi asosiy shart – davomiylikdir.

Sport bilan shugʻullanishni boshlang va har kuni 10 daqiqa vaqtingizni mashgʻulotlar uchun ajrating. Erta uxlab, ertaroq turishga harakat qiling va tongni iliq suv ichishdan boshlang. Ingliz tilini oʻrganmoqchi boʻlsangiz, har kuni kamida 10 daqiqa dars qiling. Bu kabi ishlardagi asosiy jihat — davomiylikdir. Har kuni takrorlanadigan ishlar oxir-oqibatda odatga aylanib qoladi va intizomni shakllantiradi, shuningdek irodangizni ham mustahkamlaydi.


Lifestyle


														
														Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025

														
														“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq politsiya xodimi Xvan Chjun-Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li J…
09:46 / 04.02.2025

														
														Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Balansli nonushta qilish yaxshiroq umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib, tanangizni ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni ye…
13:32 / 25.01.2025

														
														Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Flagman nafaqat innovatsion kamera, balki odatiy standartlarni o‘zgartiruvchi noyob orqa panel dizaynini ham oladi.
11:13 / 25.01.2025

														
														Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Sankt-Peterburgdagi Luxury World Spa kompaniyasi “Kriptosauna” loyihasini taqdim etdi. Yangi mahsulot ASIC (kriptovalyuta qa…
10:35 / 25.01.2025

														
														Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ushbu tadqiqot amalga oshirilgandan so‘ng o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari oshgan.
15:29 / 18.01.2025

														
														2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

Krossovkalar hech qachon modadan qolmaydigan, qulay oyoq kiyim hisoblanadi. Faqatgina har yili ularning qaysidir turi, ayniq…
13:02 / 16.01.2025

														
														Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – bu Koreya madaniyatida bolalar va kattalar orasida mashhur bo‘lgan o‘yin bo‘lib, oddiy, ammo qiziqarli! O‘yin uchun…
16:09 / 15.01.2025

														
														2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yil kino sanoati uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Ko‘plab kutilgan premyeralar va kutilmagan xitlar tomoshabinlarn…
15:40 / 15.01.2025

														
														“Otam qurgan tandir”
Umidjon Alimov, 2017.

“Otam qurgan tandir” Umidjon Alimov, 2017.

“Demak, men mavzu, o‘zimga uslub topyapman, deb o‘ziga xos yo‘nalishni qidirayotgan rassom sifatida xursand bo‘lardim. Tandi…
14:59 / 15.01.2025

Bu ham qiziq

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Kosmos-482” fazoviy qurilmasi Hind okeaniga quladi

“Roskosmos” mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, fazoviy qurilma Moskva vaqti bilan 9:24 da (Toshkent vaqti bilan 11:…
15:35 / 10.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

UFC 315. Bilol Muhammad mag‘lub etildi, Maddalena – yangi chempion

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri o‘z yakuniga yetdi.
10:53 / 11.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!