$
12190.57 UZS
18.39
157.48 UZS
0.03
14303.20 UZS
-53.89
31° Kechasi 18°

Qarshi shahri hududi kengaytiriladi

10:36 / 14.03.2025

Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori 2025-yilning 25-fevralida kuchga kirgan edi. Unda Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgani, shahar hududini 2042-yilgacha bo‘lgan davrda Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hududiga kengayishi hisobga olingani qayd etilgan.

Shaharning hududi ayni paytda 8 ming 308,9 gektarni tashkil etib, 2030-yilning so‘ngiga qadar 11 ming 26,8 gektar, 2042-yil oxirigacha esa 16 ming 73,6 gektargacha kengayadi.

Shu yillarda shahar aholisi soni 300 ming kishidan mos ravishda 400 ming va 470 ming kishigacha ko‘payishi kutilmoqda, uy-joy fondi esa bugungi 3 million 992,27 ming kvadrat metrdan birinchi navbatda 7 million 200 ming kvadrat metr, hisob davrida 10 million 810 ming kvadrat metrgacha oshishi reja qilingan.

Shunda uy-joy bilan ta’minlanish darajasi bir kishiga o‘rtacha 14,1 kvadrat metrdan 2030-yilda 18 kvadrat metr, 2042-yilda 23 kvadrat metrgacha ko‘tariladi. E’tiborlisi, shahar uy-joy fondining umumiy maydonida 2-3 va 4-5 qavatli uylarning hissasi keskin kamayib, 7, 12, 14 va 16 qavatli uylarning hissasi esa, aksincha, ortadi, 9 va 20 qavatli uylar quriladi.

Shaharning bosh rejasiga ko‘ra, aholining ijtimoiy soha obyektlariga bo‘lgan talabini amaldagi me’yorlarga moslashtirish asnosida soha ko‘rsatkichlari jadal sur’atlarda o‘zgaradi. Masalan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati hozirgi 11,8 ming o‘rindan birinchi navbatda 22 ming, hisob davrida 29 ming 140 o‘ringacha, umumta’lim maktablari quvvati esa mos ravishda 38 ming o‘rindan 64 ming va 74 ming 260 o‘ringacha oshadi.

Xuddi shu tarzda shahardagi shifoxona va poliklinikalar, do‘konlar va umumiy ovqatlanish korxonalari, klublar va madaniyat saroylari, teatr va kinoteatrlar, mehmonxonalar va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ham xizmat qamrovi kengayadi.

Shaharda magistral ko‘chalarning uzunligi (hozir 88 kilometr) 2030-yil oxirida 155,35 kilometr, 2042-yil yakunida 291,33 kilometrni tashkil qilib, yiliga tashiladigan yo‘lovchilar soni (hozir 96 mln nafar) yaqin 6 yil ichida 160 mln, 18 yildan keyin esa 235 mln nafargacha ko‘payadi.

Muhandislik va texnik infratuzilma sohalari (ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya) bo‘yicha ham jadal rivojlanish nazarda tutilgan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi zimmasiga qator muhim vazifalar, jumladan, uch oy muddatda Qarshi shahrining bosh reja loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qo‘yilgan.


O‘zbekiston


														
														BAAdan qaytolmagan o‘zbekistonliklar mehmonxonalarga joylashtirildi

BAAdan qaytolmagan o‘zbekistonliklar mehmonxonalarga joylashtirildi

Shuningdek, Abu-Dabi shahrida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 4 nafar fuqaro AG Hotel Abu Dhabi mehmonxonasiga joylasht…
13:30 / 03.03.2026

														
														O‘zbekistonning barcha hududlarida gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

O‘zbekistonning barcha hududlarida gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

“Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar uzaytiri…
12:39 / 03.03.2026

														
														“O‘zgidromet” yog‘ingarchilikka qaramay Toshkent havosi tozalanmaganiga izoh berdi

“O‘zgidromet” yog‘ingarchilikka qaramay Toshkent havosi tozalanmaganiga izoh berdi

Kuchli yog‘ingarchilik paytida yirik yomg‘ir tomchilari ifloslantiruvchi moddalarni samarali ravishda yuvib tushiradi va nat…
11:55 / 03.03.2026

														
														Toshkent shahri va viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi

Toshkent shahri va viloyati o‘rtasida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi

Mazkur yo‘nalishga katta sig‘imli 10 ta “Mercedes-Benz” rusumli avtobuslar jalb etilgan.
11:54 / 03.03.2026

														
														O‘zbekistonda 15-avgustga qadar ov mavsumi yopildi

O‘zbekistonda 15-avgustga qadar ov mavsumi yopildi

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 627-son Qonuniga muvofiq, h…
11:26 / 03.03.2026

														
														O‘zbekistonliklar 8-mart bayramida necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar 8-mart bayramida necha kun dam oladi?

2026-yil 8-mart yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Mehnat kodeksiga ko‘ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri…
10:19 / 03.03.2026

														
														O‘zbekistonda oliygohlar milliy reytingi joriy etildi

O‘zbekistonda oliygohlar milliy reytingi joriy etildi

Adliya vazirligi Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
09:47 / 03.03.2026

														
														Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilayotgan 819 mln so‘mlik oltin quymalari to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilayotgan 819 mln so‘mlik oltin quymalari to‘xtatib qolindi

Tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xi…
09:19 / 03.03.2026

														
														Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

Yangi O‘zbekiston sport va ochiqlik orqali dunyo bilan integratsiyalashyapti

“Birinchi marotaba 15 ming nafarlik ishtirokchilar bilan chiqmoqdamiz. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan mazkur marafon keyin…
16:55 / 02.03.2026

														
														3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
16:32 / 02.03.2026

Bu ham qiziq

3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

3-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
16:32 / 02.03.2026
1-martdan gaz narxlari oshirilmadi — Energetika vazirligi

1-martdan gaz narxlari oshirilmadi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi O‘zbekistonda 1-martdan gaz narxi oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
16:57 / 01.03.2026
O‘zbekistonning barcha hududlarida gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

O‘zbekistonning barcha hududlarida gazga bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirildi

“Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar uzaytiri…
12:39 / 03.03.2026
Boks. “Stranja” turnirida 17 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada tengisiz bo‘ldi

Boks. “Stranja” turnirida 17 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada tengisiz bo‘ldi

​Musobaqada O‘zbekistondan keyingi o‘rinni Qozog‘iston 9 ta medal bilan qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ukrainalik bokschilar kuchli…
09:53 / 02.03.2026
Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Toshkentga qaytayotgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doha aeroportida qolib ketgan

Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar munosabati bilan Qatarda bo‘lib turgan 600 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi orasida jabrlangan…
16:28 / 01.03.2026
O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi”, – deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
13:35 / 02.03.2026
O‘zbekistonda oliygohlar milliy reytingi joriy etildi

O‘zbekistonda oliygohlar milliy reytingi joriy etildi

Adliya vazirligi Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
09:47 / 03.03.2026
Dzyudo. O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirini uchinchi o‘rinda yakunladi

Dzyudo. O‘zbekiston “Katta Dubulg‘a” turnirini uchinchi o‘rinda yakunladi

Kecha Toshkentda dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turnirini o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa his…
11:38 / 02.03.2026
Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida prokuratura xodimi 9 ming dollar pora bilan ushlandi

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-mod…
12:21 / 02.03.2026
Toshkentda sovuq havo oqimi sabab havodagi zararli zarrachalar ko‘paygan

Toshkentda sovuq havo oqimi sabab havodagi zararli zarrachalar ko‘paygan

Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, ertadan boshlab kutilayotgan yog‘ingarchiliklar havo sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanis…
14:19 / 01.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!