Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1986-yilda tug‘ilgan Babayans Robert Vladimirovich Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘ralgan.
Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilayotgani aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!