22-27-iyul kunlari Farg‘onada Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kaktus media” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, muzokaralar davomida Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari demarkatsiyaning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishgan.
Uchrashuv doirasida Qirg‘izistonning Jalolobod va Batken viloyatlari doirasida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida, shuningdek, O‘zbekistonning Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qo‘shni uchastkalarida dala tadqiqotlari o‘tkazilgan.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tgan, bu esa konstruktiv muloqot va o‘zaro kelishuvga yordam bergan. Shuningdek, tadbirlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydigan tegishli protokol imzolangan.
Qayd etilishicha, ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!