Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning aytishicha, “Bishkek Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam beryapti”, deyishga hech qanday asos yo‘q. Qirg‘iziston rahbari “Kabar” agentligiga Bishkek sanksiyalarni chetlab o‘tishga hissa qo‘shayotgani haqidagi bayonotlarga shunday izoh berdi.
“Rossiya va Xitoy kichik Qirg‘izistonga qaram emas. Bu davlatlar allaqachon qo‘shni. Ular orasida 4000 kilometr umumiy chegara mavjud. Agar Rossiya istasa, dengiz orqali vagon yoki barjalarda xohlagan tovarlarini olib kelishi mumkin”, – dedi Japarov.
Prezident Qirg‘iziston kompaniyasining uchuvchisiz uchoqlari ko‘rinishidagi yuk Qozog‘istonda qo‘lga olinganini tan oldi.
“Kompaniya tushuntirdiki, bu dronlar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan. Ammo, shunga qaramay, endi biz dron va uchuvchisiz uchish apparatlarini eksport qilishni taqiqlaymiz”, – dedi prezident.
Japarov AQSh senatori Robert Menendesning maktubi haqida gapirar ekan, unga ko‘plab taniqli siyosatchilardan maktublar kelganini aytdi.
“Men buni Qirg‘izistonga bosim o‘tkazish va bizni o‘z tomoniga tortish uchun oddiy bahona deb bilaman. Ammo biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz mustaqil davlatmiz. Biz barcha davlatlar bilan teng huquqli munosabatlarni davom ettiramiz. Biz ko‘p vektorli tashqi siyosat olib boramiz”, — dedi u.
“Rossiya va Ukraina masalasida biz avvaliga neytral pozitsiyada ekanligimizni aytgan edik. Kelajakda bu pozitsiyaga amal qilamiz. Biz pozitsiyamizni o‘zgartiramizmi yoki yo‘qmi, vaziyat ikki tomonga o‘zgarmaydi. Bu bizga bog‘liq emas”, – deya xulosa qildi prezident.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!