Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoridagi ehtimoliy harbiy jinoyatlar yuzasidan o‘z tekshiruvlarini olib bormoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Metyu Miller “Anadolu” muxbirining savoliga javob berdi.
“Aytishim kerakki, Isroil tergovlaridan tashqari, Qo‘shma Shtatlar ushbu mojaroda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy jinoyatlar bo‘yicha ham o‘z tekshiruvlarini olib bormoqda”, dedi Miller.
AQSh Davlat departamenti vakili ushbu tergovlar hali ham davom etayotganini ta’kidladi. Biroq, u “ularning soni va ular qanday amalga oshirilayotgani” haqida izoh berishdan bosh tortgan.
Bundan tashqari, Miller Isroil va Livan o‘rtasida yaqinda kuchaygan chegara to‘qnashuvlarini hamon diplomatik yo‘llar bilan hal qilish mumkinligiga ishonch bildirgan.
AQSh Davlat departamenti matbuot anjumanlarida jurnalistlar tomonidan 2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroil tomonidan G‘azo sektorida sodir etilgan ommaviy qurbonlar va noqonuniy hibsga olishlar bilan bog‘liq ehtimoliy urush jinoyatlari haqidagi ritorikadan nariga o‘tmagani uchun bir necha bor tanqid qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!