Bugun, 13-fevral kuni soat taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D012 “Bektemir-Chorbog‘ q” avtomobil yo‘lining 18-kilometrida 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi Lada rusumli avtomobilni boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas avtomobiliga borib urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB axborot xizmati xabar berdi.
“Natijada, transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan”, – deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!