“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Yunusobod tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi. Natijada unga tegishli perforator qurilish asbobi ichiga 478 gramm “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasi yashirilgani aniqlandi.
Shu hududda qayd etilgan boshqa holatda esa Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli yog‘och kesuvchi asbob — benzopila ichidan 107 gramm “Alfa-PVP” moddasi topildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, har ikki holatda ham giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasidan pochta jo‘natmasi orqali yuborilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!