Toshkent hayvonot bog‘ida sher va jayralarga tosh otgan erkak 2 million 884 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 13-avgust kuni sodir bo‘lgan. Tashrif buyuruvchilardan biri hayvonlarga tosh ota boshlagan. Jayralar volyerining ochiq bo‘lgani sababli, tashlangan toshlarning ayrimlari hayvonlarga tekkan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyatining bildirishicha, erkakning xatti-harakatini uning farzandi ham takrorlab, hayvonlarga tosh otgan. Bundan tashqari, erkak toshlar hayvonlarga tekkanidan so‘ng qarsak chalib, bundan mamnun bo‘lganini namoyish etgan.
Hodisa videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan. Keyinchalik huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, unga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori qaroriga ko‘ra, erkakka 2 million 884 ming so‘m jarima solingan. Shuningdek, u o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!