Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sud hukmiga ko‘ra, unga tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasi uchinchi qismi “a” bandi bo‘yicha tayinlangan 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi aslicha qoldirilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 59–61-moddalariga asosan jazolarni to‘liq qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 5 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda BHMning 400 baravari, ya’ni 136 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 61-moddasiga asosan tayinlangan jazolar alohida-alohida ijro etilishi belgilandi. Hukmning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilib, apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi 8-may kuni Sanjar Karimovni firibgarlik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topgan. Unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va 410 BHM miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shu tariqa, Toshkent shahar sudi apellyatsiya bosqichida Sanjar Karimovga tayinlangan asosiy 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘zgarishsiz qoldirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!