Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakil Boris Titov ma’lum qildi.
Titov Hindiston ishchi kuchi Rossiya iqtisodiyotidagi kadrlar tanqisligini to‘ldirish uchun asosiy resurslardan biri sifatida ko‘rilayotganini bildirgan. Uning keltirishicha, so‘nggi yillarda hindistonlik mutaxassislarga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshgan: 2022-yilda Hindiston fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun qariyb 8 mingta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, 2024-yilda esa 36 mingga yetgan. 2025-yil uchun Rossiya hukumati vizali davlatlar uchun umumiy kvotani qariyb 235 ming ish o‘rniga belgilagan, shundan taxminan 30 foizi – 71,8 ming o‘rin aynan Hindiston fuqarolari uchun ajratilgan.
Dekabr boshida Vladimir Putinning Hindistonga tashrifi chog‘ida tomonlar ishchi kuchi masalasida kelishuv imzolagan. Ushbu kelishuv Hindiston fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb qilishni soddalashtirishga qaratilgan. Bungacha Hindistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli Nilam Rani kelajakda Rossiyaga 400 ming nafargacha hindistonlik mehnat migrantlari yuborilishi mumkinligini aytgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!