O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyiga joylashtirilgan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayol Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida ushlab turilgan. Uning farzandi esa Novosibirsk shahridagi mehribonlik uyiga joylashtirilgan.
Bosh konsulxona diplomatlari bir kun ichida tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazib, ayolning ozod etilishiga ko‘maklashgan. Unga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirilgan. Farzandi “Tolmachyovo” xalqaro aeroportida onasiga topshirilgan va ular birgalikda O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida Bosh konsulxona diplomatlari ko‘magida jami besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!