Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Unda viloyatda umumiy qiymati 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar amalga oşirilişi ma’lum qilindi.
Davlat rahbari yiğilişda Buxoro iqtisodiyoti va aholi hayotida ijobiy özgarişlar qilişga qaratilgan yangi loyihalar bilan kelganini ta’kidladi.
Yiğilişda dastlab içimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini rivojlantiriş masalasi muhokama qilindi. Uşbu yönalişda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oşirilmoqda. Loyihaning ikkinçi bosqiçi uçun qöşimça 248 million dollar jalb etilişi rejalaştirilgan.
Qayd etilişiça, loyihalar natijasida viloyatning barça tuman va şaharlarida 1,7 million aholining içimlik suvi ta’minoti yaxşilanadi. Şuningdek, 775 ming kişi kanalizatsiya tarmoğiga ulanadi.
Markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlangan aholi uluşini hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziş közda tutilgan.
Prezident mas’ullarga aholi kutayotgan uşbu loyihalarni jadallaştiriş va belgilangan vazifalarni öz vaqtida amalga oşiriş böyiça topşiriqlar berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!