Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida donli ekinlar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari hokimiyat tizimidagi tanishlari orqali xo‘jalikning 3 gektar yer maydonini issiqxona tashkil etmoqchi bo‘lgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSh dollari talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo‘jalik rahbari oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi tumanida yashovchi, 1992 va 1998-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, davlat zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali Ko‘kdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga yashash xonadoni qurishi uchun olib berish evaziga 180 mln so‘m talab qilishadi.
Lekin, ular oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!