$
11948.58 UZS
58.63
144.29 UZS
0.36
13793.44 UZS
76
31° Kechasi 18°

Farg‘onada ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullangan 15 kishi qo‘lga olindi

10:23 / 24.01.2026

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ko‘cha bezoriligi bilan bog‘liq bir qator jinoyatlar fosh etildi. Joriy yilning 17–19-yanvar kunlari sodir bo‘lgan holatlar yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 17-yanvar kuni Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs bir guruh tarafdorlari bilan voyaga yetmagan yigitni Uchko‘prik tumanidagi dala maydoniga olib borib, undan haftasiga 500 AQSh dollari talab qilgan. Jabrlanuvchi pul bermagan taqdirda o‘ldirish bilan tahdid qilingan. Shuningdek, unga turli tan jarohatlari yetkazilib, yonidagi 200 dollar zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan tortib olingan.

Mazkur holatdan xabar topgan voyaga yetmagan shaxsning tanishi ham o‘z tarafdorlari bilan qarshi guruh bilan Qo‘qon shahrining Alisher Navoiy mavzesi va Salang ko‘chalarida uchrashgan. Tomonlar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro tan jarohatlari yetkazilib, shaxslar hodisa joyidan yashiringan.

19-yanvar kuni esa birinchi guruh yetakchisi o‘n nafarga yaqin tarafdorlari bilan ikkinchi guruh yetakchisini Qo‘qon shahri bo‘ylab qidirishga tushgan. Ular qora rangli Spark rusumli avtomashinada harakatlanayotgani aniqlanib, qasddan avtomashina bilan urib to‘xtatilgan. Avtomashinadagilar qochib ketgan bo‘lsa-da, transport vositasiga sovuq qurollar yordamida jiddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 25 nafar shaxs aniqlanib, tergovga jalb etilgan.

Ularning 15 nafari Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi asosida ushlangan. Shuningdek, 3 nafar shaxsga sud tomonidan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ayni paytda jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda 13-avgust, payshanba kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 13-avgust, payshanba kuni harorat 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 metr…
17:35 / 12.08.2026

														
														Sudya Oliy sud matbuot kotibi bo‘ldi

Sudya Oliy sud matbuot kotibi bo‘ldi

Surayyoxon Rustamovna Xo‘jamqulova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i lavozim…
17:16 / 12.08.2026

														
														Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Ichki ishlar organlarida 10 nafar rahbar lavozimidan ozod etiladi

Yana 7 nafar rahbarga qattiq intizomiy jazo qo‘llash, 3 nafarining esa lavozimida qolish-qolmasligini ko‘rib chiqish belgila…
17:06 / 12.08.2026

														
														Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi

Biriga 15 sutka qamoq, biriga jarima – Toshkentda mototsiklchilarga chora ko‘rildi
16:52 / 12.08.2026

														
														Sharbat qutisidagi narkotik o‘ramlar ortidan 3,15 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari aniqlandi

Sharbat qutisidagi narkotik o‘ramlar ortidan 3,15 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari aniqlandi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan giyohvandl…
16:18 / 12.08.2026

														
														Kanadada bola xavfsizlik kamarini taqmagani uchun parvoz bekor qilindi

Kanadada bola xavfsizlik kamarini taqmagani uchun parvoz bekor qilindi

Kanadada yosh bola xavfsizlik kamarini taqishdan bosh tortgani sababli yo‘lovchi samolyotining parvozi bekor qilindi. Hodisa…
12:24 / 12.08.2026

														
														Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

2026-yil 10-avgust kuni Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahrida joylashgan qator obyektlarga dronlar orq…
11:11 / 12.08.2026

														
														Tramp Anqaradan qaytishda yashirincha samolyotini o‘zgartirganini tasdiqladi

Tramp Anqaradan qaytishda yashirincha samolyotini o‘zgartirganini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Anqara shahridan qaytishda samolyotini yashirincha almashtirganini tasdiqladi. Unin…
11:07 / 12.08.2026

														
														5-qavatdan yiqilgan 4 yoshli qizni qo‘shnilari yopinchiq bilan tutib qoldi

5-qavatdan yiqilgan 4 yoshli qizni qo‘shnilari yopinchiq bilan tutib qoldi

Polshaning Lomja shahrida uch nafar qo‘shni 5-qavatdagi balkondan yiqilgan 4 yoshli qizni yopinchiq yordamida tutib qolib, u…
11:05 / 12.08.2026

														
														O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonda 2026-yilgi Mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim xodimlar ketma-ket to‘rt kun dam oladi.
10:02 / 12.08.2026

Bu ham qiziq

Sharbat qutisidagi narkotik o‘ramlar ortidan 3,15 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari aniqlandi

Sharbat qutisidagi narkotik o‘ramlar ortidan 3,15 kg dan ziyod giyohvandlik vositalari aniqlandi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan giyohvandl…
16:18 / 12.08.2026
Fermerning ekin maydonida qurilgan noqonuniy bino buzdirildi

Fermerning ekin maydonida qurilgan noqonuniy bino buzdirildi

Joriy yilning 8-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi xodimlari fuqaroning uy-joyini ogohlantirishsiz buzis…
09:39 / 10.08.2026
Xitoyda “Delfin” tayfuni sabab 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Xitoyda “Delfin” tayfuni sabab 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

“Delfin” tayfuni Xitoyning sharqiy qirg‘oqlariga yetib kelib, kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chki xavfini yuzaga keltird…
15:46 / 10.08.2026
Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi

Shvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol skeleti topildi

Shvetsiyaning Gotland oroli yaqinidagi Lilla-Karlsyo orolida arxeologlar taxminan 9 ming yil avval yashagan homilador ayol s…
09:26 / 11.08.2026
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam oladi

O‘zbekistonda 2026-yilgi Mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim xodimlar ketma-ket to‘rt kun dam oladi.
10:02 / 12.08.2026
Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi Nijnekamskda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi Nijnekamskda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi Nijnekamskda Ukraina Qurolli Kuchlarining dron hujumi oqibatida halok bo‘lganlarning oi…
17:46 / 11.08.2026
Bugun, 11 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 11 avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI10-avgust soat 20:00 dan 11-avgust soat 20:00 gacha
17:15 / 10.08.2026
Tramp Anqaradan qaytishda yashirincha samolyotini o‘zgartirganini tasdiqladi

Tramp Anqaradan qaytishda yashirincha samolyotini o‘zgartirganini tasdiqladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Anqara shahridan qaytishda samolyotini yashirincha almashtirganini tasdiqladi. Unin…
11:07 / 12.08.2026
Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat kadastrlari palatasining Farg‘ona viloyati tumanlaridan biridagi filiali rahbari, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro, noqonu…
09:43 / 10.08.2026
Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

Tataristondagi dronlar hujumida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Vatanga olib kelindi

2026-yil 10-avgust kuni Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahrida joylashgan qator obyektlarga dronlar orq…
11:11 / 12.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!