$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Samarqandda 48 yoshli ayolga o‘z ukasining jigari ko‘chirib o‘tkazildi

22:51 / 13.03.2023

Samarqand davlat tibbiyot universitetida Turkiyaning Istanbul shahridagi “Medical Park” tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qo‘shrabot tumanida yashovchi 48 yoshli bemor Saida Nurmurodovaga bundan 3 yil avval jigar serrozi tashxisi qo‘yilgan. U shundan so‘ng vaqti-vaqti bilan konservativ muolajalar olib kelgan. Biroq davo choralari kutilgan natija bermagach, ushbu universitet klinikasi mutaxassislariga murojaat qilgan. Kasallik terminal bosqichga o‘tgani sababli uni hayotga qaytarishning yagona usuli sifatida jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti tavsiya etilgan.

Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng bemorning 1977-yilda tug‘ilgan ukasi Asliddin Alimov jigarining bir bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish uchun barcha ko‘rsatkichlar mos kelgan.

Ta'kidlanishicha, Samarqand davlat tibbiyot universitetida bajarilgan operatsiya 8 soat davom etgan. Hozir bemor hamda donorning ahvoli yaxshi. Ularning har ikkalasi shifokorlar tomonidan tibbiy nazoratga olingan va kerakli tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.

“Bunday murakkab operatsiyani bajarish uchun universitetimiz ko‘p tarmoqli klinikasining Xirurgiya bo‘limi yuqori texnologiyali zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Qolaversa, “1-son xirurgik kasalliklar”, “Anesteziologiya, reanimasiya va shoshilinch tibbiyot” va “1-ichki kasalliklar” kafedralari professor-o‘qituvchilari klinikaning yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda Turkiyaning “Medical Park” tibbiyot markazida bir yil davomida malakalarini oshirib qaytdi”, – deydi oliy o‘quv yurti rektori Jasur Rizayev.

Rejaga ko‘ra, turk mutaxassislari bilan imzolangan memorandum doirasida mazkur klinikada yaqin kelajakda yiliga 50 ga yaqin jigar transplantatsiyasi amaliyotini bajarish imkoniyati yaratiladi.


Bu ham qiziq

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qish talab…
14:17 / 30.09.2026
O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori haqida majburiy ogohlantiruvchi yozuvlar joriy etilishi reja…
16:19 / 30.09.2026
“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

“Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etishga urinish holati aniqlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
15:49 / 02.10.2026
Endi O‘zbekistonda noqonuniy jang tashkil qilganlar jinoiy jazoga tortiladi

Endi O‘zbekistonda noqonuniy jang tashkil qilganlar jinoiy jazoga tortiladi

O‘zbekistonda jangovar sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarini qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish uchun…
15:48 / 02.10.2026
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
09:35 / 04.10.2026
O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Joriy yilning 3-oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5-oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sov…
10:09 / 02.10.2026
Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Dunyodagi eng qurg‘oqchil hududlardan biri hisoblangan Chilining Atakama cho‘lida 2026-yil boshidagi kuchli yomg‘irlardan so…
10:53 / 03.10.2026
Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha Milliy mudofaa vazirligi mamlakatning urush va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga …
09:41 / 03.10.2026
4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026
14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!