Toşkent şahridagi Olmazor metro bekati yaqinida ikki nafar yigit fuqaroni piçoq bilan qörqitib, undan 40 ming söm pulni tortib oldi. Hodisa tungi soat 23:00 atrofida sodir bölgan. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, gumonlanuvçilardan biri jinoiy niyatini amalga oşiriş uçun şerigiga qönğiroq qilib, piçoq olib kelişini söragan. Şerigi esa işlaydigan joyidan piçoqni olib, uning yoniga borgan. Şundan söng birinçi yigit metro bekati yaqinida uçratgan fuqaroni ta’qib qilib, piçoq bilan qörqitgan va uning 40 ming sömini tortib olgan. Keyin voqea joyidan yaşiringan.
Qayd etilişiça, gumonlanuvçilarning biri 19, ikkinçisi esa 20 yoşda. Ulardan biri öz körsatmasida qilgan işidan puşaymonligini bildirgan. Piçoqni olib kelgan ikkinçi yigit esa şerigining fuqaroga hujum qilganini körmaganini aytgan. Hodisada foydalanilgan piçoq aşyoviy dalil sifatida Ekspert-kriminalistika markazida tekşirilgan.
Holat yuzasidan Çilonzor tumani IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi ikkinçi qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!