Jizzax şahridagi ikki tungi klubning Instagram sahifalarida joylaştirilgan 500 ga yaqin reklama roligida milliy va oilaviy qadriyatlar hamda umume’tirof etilgan axloq normalariga zid tasvirlardan foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, qömitaning Jizzax viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan joriy yilning sentyabr–oktyabr oylarida şahardagi tungi klublar reklamasi örganilgan. Xususan, “JIZZAX LEADER FOOD” MÇJ hamda “AZIZ BOĞIŞAMOL KLUB” MÇJga qaraşli tungi klublarning Instagram sahifalaridagi materiallar tahlil qilingan.
Örganişlar davomida qariyb 500 ta videorolikda milliy va oilaviy an’analar, axloq hamda ma’naviyatning umume’tirof etilgan normalariga zid tasvir va obrazlar mavjudligi aniqlangan. Reklama materiallariga huquqiy baho beriş uçun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Jizzax viloyati bölimiga murojaat qilingan.
Markaz xulosasiga köra, uşbu reklamalar “Reklama töğrisida”gi qonunning 16-moddasi talablariga zid deb topilgan. Şundan söng har ikki tungi klubning rasmiy Instagram sahifalaridan qonunçilikka zid reklama materiallari olib taşlangan.
Qömita ma’lumotiga köra, körilgan çoralar natijasida 120 mingdan ortiq obunaçi nomaqbul reklama materiallari ta’siridan himoyalangan. Idora reklama beruvçilar va tarqatuvçilarni qonunçilik talablariga rioya qilişga çaqirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!