“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning 26-30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali” o‘tkazilishi va Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 25-avgust kunidan 3-sentyabr kunigacha 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi.
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Ma’lumot uchun, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!