Paragvayning “Kolorado” konservatorlar partiyasi nomzodi Santyago Penya mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi. Uning nomzodi uchun saylovchilarning 43 foizi ovoz bergan.
Penyaning asosiy raqibi – muxolifatchilar yetakchisi Efraina Alegre nomzodini esa saylovchilarning 27,5 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Ta’kidlash kerakki, Penya ham 20 yil mobaynida muxolifatchilar partiyasi a’zosi bo‘lgan, 2016 yilga kelibgina “Kolorado” partiyasi a’zolari safiga qo‘shilgan.
Penya prezidentlik lavozimida 15 avgustdan rasman ish boshlaydi va o‘zidan avvalgi prezident - konservatorlar yetakchisi Mario Abdo Benitesning o‘rnini egallaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!