$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Shakarsiz bir oy qanday o‘tdi?

17:50 / 09.10.2024

Yosh bo‘lishimga qaramasdan so‘nggi bir yarim yil ichida depressiyada yurdim. To‘g‘ri, depressiya so‘zining siyqasi chiqib ketgan. Lekin, tan olishni xohlamasakda bu bor narsa va dunyo bo‘yicha hozir avj olgan.

Depressiya bu — ruhiyatning jiddiy buzilishi. Men ham sizlardek oddiy odamman. O‘z kechinmalarimni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. Agar sizlarda ham shu jarayon ketayotgan bo‘lsa, bu maqolam va tajribam orqali ozgina yordamim tegsa, albatta xursand bo‘laman.

Xullas, hayotim izidan chiqa boshladi, menda asabiylik kuchaydi. Ovqat yeyman, lekin to‘yish hissi, taomning mazasi, shukronalik yo‘qoldi. O‘zimga bo‘lgan ishonchni va orzu qilishni unutdim. Men faqat yashardim, tanam tirik edi, xolos. Tanam tirik deymanu u ham charchagan, rangim xiralashib borardi, turli toshmalar yuzimni “bezardi”. Tobora atrofdagilardan uzoqlashardim, insonlar bilan kam muloqotda bo‘lardim. Bir tarafdan sifatsiz uyqu qiynardi, 10 soat uxlasamda, uyquga to‘ymasdim, charchab, kayfiyatim yomon holda uyg ‘onardim. E’tibor bersam boshqalarda ham shu ahvol. O‘zimni o‘nglashga shunchalar harakat qilsamda, foydasi bo‘lmasdi.

Internetni tita boshladim. Jahon tajribalarini kuzatdim. Olimlarning va oddiy odamlarning tavsiyalarini ko‘rib chiqdim. Barchasining gapi bir joyga borib taqalardi — shakarga! Ko‘pchilik shakarsiz chellenjini qilishgandan so‘ng hayot sifati yaxshilanganini ta’kidlashgandi.

Rostdan ham e’tibor bersam, ratsionimda shirin mahsulotlar ko‘payib ketibdi: qahva, gazli ichimliklar, shokolad, pirojniy, pirog, tort, pechenye va boshqalar. O‘z ustimda shug‘ullanishga qaror qildim va va’da berdim. Shundan boshlab 1 oy davomida shakar va tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlardan voz kechaman, dedim. Bu faqat nafsimni tiyish orqali hayot sifatimni yaxshilash emas, balki iroda kuchimni sinab ko‘rish ham edi. Xo‘sh, men buni uddalay oldimmi?

17-maydan 17-iyunga qadar muddat belgilab oldim. Demak, jang boshlandi!

1-hafta oddiy o‘tdi, organizmim shakarni talab qilmadi.

2-hafta haqiqiy qiynoqlar boshlandi, shirin narsani yegim, ichgim kelaverardi. Xayolimda xuddi hozir shuni yemasam qand kasalini orttirib oladigandek tuyilaverdi. Ammo bu bosqichdan ham o‘tdim.

3-hafta eng og‘ir kunlarim bo‘ldi. Yana shu qornim to‘yganini bilmadim va ta’mni his qilmay qo‘ydim. Nima yeyapman, nima ichyapman umuman farqini sezmasdim.

4-haftada esa ishtaham bo‘g‘ilib, hech narsa yegim kelmay qoldi. Yuqoridagi haftalarda shakarning o‘rnini mevalar bilan, ya’ni ulardagi fruktoza bilan bosishga harakat qildim. Har xil meva yeyaverardim: shaftoli, nok, o‘rik, olma, banan foydasi bo‘lmasdi.

Men mana shu 1 oy ichida shakarsiz qiynaldim. Katta-katta supermarketlarga kiraman, ammo mahsulotlarning 99 foizi shakarli bo‘lardi. Va’damga vafo qildim. 1 gramm ham shirin narsa yemadim, ichmadim.

1 oylik kurashim evaziga nimaga erishdim? Maqsadimga yeta oldimmi?

Ha, albatta. “Oq ajal”dan voz kechish evaziga men o‘z ruhiy va jismoniy salomatligimni tiklay oldim. O‘zimga ishonchim ortdi. Ishlashga layoqatim kuchaydi, miyamdagi g‘oyalar generatori ishlay boshladi. Hayotga qiziqib, yangiliklarga intila boshladim.

Ko‘zimning atrofidagi qorayishlar ketdi, rangim tiniqlashdi, uyqum yaxshilandi. 3 soat uxlasam, kuchga to‘lib, yaxshi kayfiyatda uyg‘onishni boshladim. Tanamdagi shishlar meni tark etdi. Avvalgidek ixchamlashdim. O‘zimni yengil his etardim. Mana hayot, mana haqiqat deb yubordim. Hozir ham kamdan kam shirinlik yeyman, gazli ichimliklarni deyarli ichmayman. Organizmim talab ham qilmay qo‘ygan.

Men bu maqolamni ilmiy tilda qandaydir gormon, moddalar nomlarini va normalarini qo‘shmasdan, oddiygina qilib tushuntirishga harakat qildim. Agar sizni shakarning tarkibi va ta’siri, qanday ishlashi qiziqtirsa, internet manbalaridan bilib olishingiz va ma’lumotlaringizni to‘ldirishingiz mumkin.

Aziz o‘quvchi, hayotingiz sizni qoniqtirmayotgan bo‘lsa va bu nimadan ekanligini bilmasangiz, shakarsiz chellenjda qatnashib ko‘ring. Natijasi bilan bo‘lisharsiz.

Tajriba va maqola muallifi Munisaxonim Irisova


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekistonning beşta elektrotexnika korxonasi öz investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyo…
13:38 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!