$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

12:42 / 08.08.2024

Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Suhbat avvalida davlat rahbari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ushbu davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilganini ta’kidladi.

Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi o‘tkazilayotgani ham shundan dalolat beradi.

Tashrif arafasida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumi va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. 2034-yilga qadar strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi tayyorlandi, tashqi siyosat idoralari rahbarlari raisligidagi kengash tashkil etilmoqda.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar, qo‘shma korxonalar soni besh barobar ko‘paygan, yuk tashish hajmi ortmoqda, yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosiy va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, "Markaziy Osiyo plyus" formatlari doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi qayd etilgan.

Yoshlar siyosati va axborot maydonini shakllantirish sohasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlangan. Bu yo‘nalishda kompleks hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib olingan.

Ikki mamlakat parlamentlari palatalari ishtirokida Parlamentlararo forum tashkil etilishi qo‘llab-quvvatlangan.

Tovar ayirboshlash hajmini, eng avvalo, o‘zaro bozorlarni shakllantirish va uchinchi mamlakatlardan importning o‘rnini bosish hisobiga yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu ma’noda, hukumatlarga oy yakuniga qadar tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish topshirilgan.

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish maqsadida joriy sammitga qadar umumiy qiymati 7 milliard dollarlik yangi bitim va shartnomalar portfeli ishlab chiqilgan.

Ular orasida energetika, transport va logistika, metallurgiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi loyihalar bor.

Sirdaryo viloyatida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi qurilishini jadallashtirish va u yerda korxonalarni joylashtirishga kelishib olingan.

Yirik loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganiladi.

Tranzit yuk tashish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, qo‘shma logistika majmualarini qurish, ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Strategik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirishga ustuvor e’tibor qaratilgan.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar. Hududlar forumini ikki Hududlar rahbarlari kengashiga aylantirish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilning kuzida Samarqandda o‘tkazishga kelishib olingan.

Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.


Siyosat


														
														Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

														
														Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026

														
														Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026

														
														Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada yaponiyalik jurnalist josuslikda ayblanib ushlandi

Rossiyada Yaponiyaning Hokkaido Shimbun gazetasi muxbiri Imayi Yuki josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Rossiya Federal xav…
09:37 / 14.10.2026

														
														Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Erdo‘g‘an: Urush jinoyatchilarining joyi BMT minbari emas, sud zali

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an urush jinoyatlarida ayblanayotgan shaxslar BMT minbarida emas, sud zalida javob be…
10:44 / 27.09.2026

														
														Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026

														
														Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

Joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga keladi. Bu haqda kecha, 24 sentyabr kuni AQ…
16:05 / 25.09.2026

														
														Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi yirik hujum tayyorlayotganini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaga yangi ommaviy hujum tayyorlayotgani haqida razvedka ma’lumotlari mav…
09:47 / 23.09.2026

														
														AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026

														
														Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada harbiylar safarbarlikka tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida safarbarlik e’lon qilingan taqdirda amalga oshiriladigan choralar bo‘yicha harbiy mashg‘u…
11:13 / 24.08.2026

Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!