Prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Volodimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi. Bu haqda, Ukraina rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ukraina mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklari uchun minnatdorlik bildiramiz. Ukraina O‘zbekiston bilan an’anaviy do‘stlikni chuqur qadrlaydi va ikki tomonlama hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga sodiq qoladi. Prezident Mirziyoyevga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinch va farovon kelajak tilayman”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!