$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

She’ri uchun qatag‘onga uchragan o‘zbek qizi. Matluba Muhammedovaning ayanchli qismati...

15:16 / 22.05.2022

XX asrning 30-yillarida Sovet hukumati mamlakatdagi ziyolilarga qarshi terror uyushtirib, koʻplab aql egalarini jismonan mahv etdi. 1937–1938 – yillardagi “Katta qirgʻin” vaqtida oʻzbekistonlik koʻplab begunoh kishilar, davlat va jamoat, fan va madaniyat arboblarini qamoqqa olindi. Bundan tashqari qoʻlga olinganlarning oila aʼzolari hech qanday dalil-isbotsiz panjara ortiga tashlandi. Sovet “goʻsht chaynar” mashinasi ona yurt ozodligi uchun harakat qilayotgan minglab insonlarni yutib yubordi. Afsuski bular orasida nozik xilqat vakillari ham bor edi.

Bugungi maqolamizda Moskvada tahsil olgan, biroq 1938-yilda aksilinqilobiy sheʼrlar bitib, uni yashirin yoʻllar bilan tarqatib kelgan va oʻziga yaqin boʻlgan sovet xodimlari oʻrtasida aksilinqilobiy targʻibot va tashviqot ishlarini olib borganlikda ayblanib, panjara ortiga tashlangan Matluba Muhammedovaning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilamiz.

Yoshlik

Matluba Muhammedova 1911-yilda Fargʻonada oʻqimishli oilada dunyoga kelgan. Uning otasi asli toshkentlik muallim Nurmuhammad Dadamuhammedov taqdir taqozosi bilan Margʻilonga kelib, jadid maktabi ochgan inson edi. Onasi esa Marhamatxonim ham savodxon, oqila ayol boʻlgan.

Margʻilonning mashhur jadid muallimi boʻlgan Nurmuhammad Dadamuhammedov farzandlarining tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratdi. U oʻz qizlari Mahbuba va Matlubalarning ham zamonaviy bilimlarni egallashiga yordam berdi. Qizlar dastlab oila davrasida, soʻng yangi maktabda taʼlim olishni boshladi. Matluba Qoʻqondagi bolalar uyida, keyin Toshkentdagi xotin-qizlar bilim yurtida tahsil koʻrdi.

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Bahrom Irzayevning maʼlumot bericha, 1927-yilda Matluba Muhamedova Moskvada ochilgan oʻzbek ishchi yoshlar fakultetiga oʻqishga kirgan. U yerda mashhur shoir Choʻlpon, Botu, Shokir Sulaymonlardan sheʼriyat sirlarini oʻrgandi. Shokirjon Rahimiy, Qayum Ramazon, Abdulhay Tojiyevlar muloqotidan bahramand boʻlgan. Matluba ayniqsa, oʻzbek talabalarning maʼrifiy kechalarida Choʻlponning vatanparvarlik mavzusidagi otashin sheʼrlarini oʻqib, oʻzi ham shu mavzuda sheʼrlar yozib, juda mashhur boʻlib ketgan.

Mudom Chorning qoʻl ostida koʻp ezilgan Millatim!

Ozodlik yoʻlinda vayron boʻlgan Millatim!

Chor bilan qonli urushda yiqqan Millatim!

Chor oʻrniga boshqa zulmlar kelgani chogʻda,

Nega sen qoʻzgʻolmaysan Millatim?!...

Qoʻzgʻol, hozir, marhamatsiz qoʻl ostida ezilma!

Qoningni zahar qilib soch! Bosh koʻtar Millatim!

Rusiyadan surulib kelgan chet ruslar

Qachongacha bizni ezar, MILLATIM!....

Oʻqishdan haydalish

Sovet hukumati Matluba Muhamedovaning sheʼrlaridan siyosiy xatolar izlay boshladi. Uning sheʼrlari komsomol tashkilotining majlislarida muhokama qilindi. Matlubaning sheʼrlarida “millatchilik va sovetlarga qarshi kurash ruhi bor” deb komsomoldan chiqarib, oʻqishdan haydshdi.

Moskvada “Комсомолская правда” gazetasida Matluba Muhammedovaga qarshi maxsus maqola chop etildi. Koʻp oʻtmay u ariza yozib, oʻziga qoʻyilgan ayblarning tuhmat ekanligini isbotlab, oʻqishiga tiklanadi. Bunga bir tomondan Oʻzbekiston hukumatining aralashuvi, ikkinchi tomondan Matlubaning Italiya elchixonasiga fuqarolik soʻrab murojaat etishi ham sabab boʻlgan edi.

Biroq Matluba Muhammedova oʻzining joʻshqin sheʼrlari bilan Sovet hukumatining “qora roʻyxati”ga tushib ulgurgan edi. Turli muhokamalar ortidan oʻzbek ishchi yoshlarning bilim yurti yopib qoʻyiladi. Matlubaxon esa Toshkentga qaytmasdan Moskvadagi musiqa texnikumiga kirib oʻqishini davom ettiradi.

1929-yil oʻzbek talabalarining yetakchisi Said Ahmad Nazirov Matlubaxonni Leningrad arxitektura instituti talabasi boʻlgan doʻsti Vosiq Muhammedov bilan tanishtiradi. 1933-yilda Toshkentga qaytgan Matlubaxon Vosiq Muhammedovga turmushga chiqadi. Oradan bir muncha vaqt oʻtib Matluba Toshkent Davlat Tibbiyot institutiga oʻqishga kiradi. U shifokorlik kasbini egallab, insonlarga shifo ulashishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Bahrom Irzayevning maʼlumot bericha, Vosiq Muhammedov (1905-1938) oʻz vaqtida Munavvar qorining “Namuna” maktabi iftixori, Fitratning “Chigʻatoy gurungi” ishtirokchisi, “Koʻmak” uyushmasining faollaridan boʻlgan. U 1922-24 yillar Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universiteti bitirib kelib, 1924-28 yillarda Oʻzbekiston hukumatida masʼul lavozimlarda ishlagan. 1928-32 yillarda Leningrad Arxitektura institutining arxitektor-injener yoʻnalishida oʻqib qaytgach, 1933-34 yillarda Xalq komissarlar soveti qurilish komissiyasiga rais, 1934-37 yillar davomida Toshkent akademik teatri qurilishiga boshchilik qilgan. Vosiq Muhammedov ham oʻz zamonasining tengsiz yigitlaridan boʻlgan.

Qatagʻon

Yosh oila baxt mayidan sarmast boʻlib hayot kechirayotgan bir vaqtda “Katta qirgʻin” eshik qoqdi. 1937-yil 17-dekabr kuni tunda Vosiq Muhammedov qamoqqa olinib, uy tintuv qilindi. 1938-yil 18-yanvar  kuni Matlubaxonning oʻzi ham hibsga olinadi. Oʻsha vaqtda u Toshkent tibbiyot institutining 3-bosqich talabasi edi. 19-yanvar kuni ilk soʻroqda u turmush oʻrtogʻining davlat va xalqning oldida hech qanday aybi yoʻqligini bayon qiladi. Matluba Muhammedovani qamoqqa olinishiga asos boʻlgan aybnomada yozilishicha, “u hibsda boʻlgan Germaniyaning aygʻoqchisi Sattor Jabbor, aksilinqilobiy millatchilardan Choʻlpon va Muhammedovlar bilan yaqin munosabatda boʻlgan va aksilinqilobiy sheʼrlar bitib, uni yashirin yoʻllar bilan tarqatib kelgan va oʻziga yaqin boʻlgan sovet xodimlari oʻrtasida aksilinqilobiy targʻibot va tashviqot ishlarini olib borgan”.

Lekin Matluba Muhammedova soʻroqning birinchi kunlaridanoq oʻziga qoʻyilgan bu ayblovlarni mutlaqo asossiz ekanligini aytadi. Jumladan, 1938-yil 19-yanvar kuni boʻlgan dastlabki soʻroq vaqtida tergovchi Matlubadan qamoqdagi turmush oʻrtogʻi Vosiq Muhammedovning xalq dushmani sifatidagi faoliyati haqida koʻrsatma berishni talab qilganida, u mazkur aybining tamomila asossizligini aytadi.

Salkam bir yil davom etgan tergov va qiynoqlardan soʻng, 1938-yil 5-oktabr kuni Vosiq Muhammedov otib tashlanadi. Tergovchilar tomonidan turli yoʻllar bilan qoʻlga kiritilgan axborot orasida yana bir maʼlumot boʻlib, unga koʻra, Moskvadalik paytida Mahbuba va Matluba ismli ikki talaba qiz Italiya elchixonasiga borib, xorijiy pasport olishga erishgan. Ular goʻyo Italiyaga shikoyat yozishib, unda Sovet hukumatini turli millatlarga mansub yoshlarni ezib, mustamlakachilik siyosatini yurgizishda ayblashgan ekan.

Matluba Muhammedova ustidan boʻlgan bunday uydirma gaplardan soʻng 1938-yil 17-may kuni Toshkent viloyati sudi kollegiyasi majlisida uning jinoiy ish koʻrib chiqildi. Mazkur sud majlisining bayonnomasida yozishicha, sudlanuvchi Muhamddova oʻz aybini qisman tan olib, shunday deydi:

“Men talabalar orasida hech qachon sovetlarga qarshi ruxda targʻibot olib bormaganman. Men rus qizlari bilan hamisha doʻst-inoq boʻlganman, ular mening ogʻzimdan hech qachon aksilinqilobiy soʻzlarni eshitishmagan.

Men 1927-yilda Moskvada oʻqidim. Sheʼrimning mazmuni hozir aniq esimda qolmagan boʻlsa-da, haqiqatdan ham, u yaxshi emas edi. Opamning eri Germaniyada boʻlgan. Erim 1937-yil 16-dekabrda qamalgan. Sheʼrim devoriy gazetada bosilgan edi. Sattor Jabbor 1932-yilda menga nemischa bir jurnal berib, u yerda mening familiyam borligini va unda sheʼrim bosilganligini aytdi. Bu haqida hech kimga hech narsa aytmadim.

1937-yili akam ham qamoqqa olindi. U oʻsha vaqtlarda qurilish institutining talabasi edi... Sheʼrim boʻlsa, bor-yoʻgʻi toʻrt satrdangina iborat boʻlib, unda men dugonam erining hibsga olinishi nohaq boʻlganligi, uning halol kishi va partiya aʼzosi boʻlib, hech qanday aybi yoʻqligi haqida soʻzlaganman, xolos. Lekin sheʼrimning mazmuni keyinchalik qarorda tergovchilar tomonidan oʻzgartirib yuborilgan.

Men oʻzimning aybimni faqat sheʼr yozganligimda, deb hisoblayman. Suddan yoshligimni hisobga olib, jazo chorasini yengillatishlarini soʻrayman. Men qamoq lagerida halol ishlab, oʻz xatolarimni tuzataman”.

Sud hayʼati Matluba Muhammedovani 10 yilga ozodlikdan mahrum etadi. U nohaq jazoni sovuq Sibirning Usolskiy lagerida ijro etdi. Matluba chidab boʻlmas darajadagi ogʻir mehnat sharoitida tahqir va azoblar ostida daraxt kesdi, mehnat qildi. 1940-yil 2- fevralida Matluba Muhammedovaning arizasi qayta koʻrilib, u oqlanishga erishadi.

Surgundan qaytgan Matluba Toshkent Davlat Tibbiyot institutidagi oʻqishini davom ettirib, urush davrida shifokor boʻlib faoliyat yuritdi. Biroq urush tugagach Fargʻonaga ketishga majbur boʻldi. Matluba Muhammedova Oʻzbekistonning mustaqillikka erishganini oʻz koʻzlari bilan koʻrdi. U 1998-yilda Toshkentda vafot etgan.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026
Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
Bugun, 2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Bugun, 2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Bugun kunduzi respublika hududining asosiy qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18…
09:17 / 02.11.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026
Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Andijon va Farğona viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişga uringan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xa…
09:18 / 30.10.2026
SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

SSV Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişdan ogohlantirdi

Qölbola va tegişli standartlarga javob bermaydigan isitiş jihozlaridan foydalaniş — hayot uçun xavfli. Kuz-qiş mavsumida is …
16:25 / 29.10.2026
Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik i…
12:30 / 02.11.2026
“Imarat Development” MÇJga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

“Imarat Development” MÇJga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Ma’lum bölişiça, MÇJga Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining…
09:39 / 02.11.2026
Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazida…
12:51 / 02.11.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!