O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 10-mart soat 07:00 holatiga ko‘ra 25 047 nafarga yetdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik e’lon qilgan axborotga ko‘ra ularning:
21 017 nafari — Saudiya Arabistonidan;
3 555 nafar — Birlashgan Arab Amirliklaridan;
47 nafari — Erondan;
394 nafari — Qatardan;
27 nafari — Bahrayndan;
7 nafari — Ummondan qaytarildi.
Vazirlik o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini, ayni paytda qaytarish ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan mamlakatlar orqali amalga oshirilayotganini bildirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!