Suriyada katta masshtabdagi vabo epidemiyasi tarqaldi. Epidemiya tufayli 5-sentyabrdan buyon 23 kishi vafot etgan. Bugungi kunga qadar 200 ga yaqin holat aniqlangan.
BMT vaziyatni 2009-yildan buyon eng yirik epidemiya ekanligini qayd etdi.
Ilk o‘lim holati 5-sentyabr kuni Suriyaning sharqida joylashgan Dayr-az-Zor provinsiyasida aniqlangan. Ushbu hudud aholisi Furot daryosining ifloslangan qismidan foydalanadi.
“Biz ushbu suvdan foydalanganimizdan so‘ng bizda diareya, qayd etish va qorin og‘riqlari paydo bo‘ldi, biz uni ifloslanganini bilardik, ammo bizda tanlash imkoniyati yo‘q edi”, – deydi Dayr-az-Zor shahrida yashovchi 45 yoshli Ahmad al-Muhammad.
Suriya hukumatining xabar berishicha, vabo 14 ta shaharning barchasiga tarqalgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!