T-Mobile kompaniyasi 28-yanvar, juma kuni barcha xodimlariga elektron pochta orqali ogohlantirish xabari yubordi. Unga ko‘ra, COVID-19’ga qarshi vaksina olmagan xodimlar ishdan chetlatiladi.
“21-fevralga qadar vaksinaning birinchi dozasini olib, sertifikatni ko‘rsatmagan ishchilar haydaladi”, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlar barcha xodimlar uchun emas, ya’ni, xorijdan kelgan ishchilar bundan mustasno.
Kompaniya ma’muriyatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, agar ishchilar joriy yil 2-aprelga qadar to‘liq emlansa, ularga nisbatan hech qanday istisnolar kelib chiqmaydi. “Idoramiz eshiklari faqat COVID-19’ga qarshi emlanganlar uchun ochiq”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, T-Mobile kompaniyasi Deutsche Telecom tomonidan tashkil etilgan mobil aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar guruhi. Ushbu kompaniyalar Yevropa GSM tarmoqlarini boshqaradi. Undagi “T” harfi “Telecom” so‘zining bir qismidir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!