“Taxtlar oʻyini”ning prikveli – “Ajdaho uyi” serialini suratga olish ishlari yakunlandi.
“HBO va HBO Max kontent” direktori Keysi Bloysning maʼlum qilishicha, loyiha taqdim etiladigan sanani aniqlash uchun serial jamoasi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Kompaniya menejeri premyera sanasini eʼlon qilishga shoshilmayotganini aytdi. “Taxtlar oʻyini” muxlislari tez orada “Ajdaho uyi” seriali qachon efirga uzatilishini bilib olishlari mumkin.
Serialda bosh rollarni Mett Smit, Uill Jonson, Jon Makmillan, Savanna Steyn, Teo Neyt, Peddi Konsidin, Oliviya Kuk, Ris Ifans va boshqalar ijro etgan. Film loyihasining mualliflari – Rayan Kondal va Migel Sapochnik.
“Ajdaho uyi” filmi “Taxtlar oʻyini” voqealaridan 200 yil oldin boʻlib oʻtadi, asosiy eʼtibor Targaryen uyining yuksalishi va qulashiga qaratiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!