$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Telekommunikatsiya xizmatlari operatorlarini ogohlantiramiz” – Raqobat qo‘mitasi

11:21 / 09.10.2024

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilning 9 oyi davomida telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularni o‘rganish natijasida ortiqcha olingan (hisoblangan) 115 mln so‘m mablag‘ iste’molchilarga qaytarilishi ta’minlandi.

Murojaatlarda asosan, aloqa sifatining qoniqarsizligi, hisob-kitoblarning noto‘g‘ri yuritilishi va ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi, abonent roziligisiz qo‘shimcha xizmatlarga hamda reklama maqsadidagi SMS-xabarlar yuborilayotganligi, shu jumladan, pullik kontent xizmatlarga ulab qo‘yilganligi, qo‘shimcha moliyaviy va savdo xizmatlari ko‘rsatishda shartnoma shartlarini va tovar yetkazib berish muddatlarini buzilishi, xizmat narxlarining va tarif shartlarining o‘zgarganligi (oshishi) kabi muammolar bildirilgan.

Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash va qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlar, shu jumladan, mobil aloqa operatorlarini OGOHLANTIRGAN holda qonunchilikda belgilangan majburiyatlari va iste’molchilar huquqlarini eslatib o‘tadi.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart hisoblanib, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida reklamani tarqatishga faqat, basharti abonent oldindan rozilik bersa, yo‘l qo‘yiladi.

Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish Qoidalariga muvofiq, mobil aloqa xizmatlarini taqdim etishda xizmatlarning pullik ekanligi to‘g‘risida abonentlarni oldindan xabardor qilmasdan ayrim pullik xizmatlar uchun to‘lov undirilgan holda ushbu xatti-harakat ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun undirilgan to‘lovga tenglashtiriladi hamda operator (provayder) abonentni alohida haq evaziga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishga majburlashga haqli emas.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi hamda taqiqlanadi.

Yuqoridagilarga asosan, Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning huquq va manfaatlari ustuvorligini ta’minlash maqsadida, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarni, shu jumladan mobil aloqa operatorlari va kontent xizmatlarni taqdim etuvchi subyektlarni amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etgan holda faoliyat olib borish yuzasidan qat’iy ogohlantiradi.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!