Joriy yil 2-iyul kuni Xo‘janddan Dushanbe shahri tomon harakatlangan Nexia 2 avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro — mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Tojikiston FVV xabar berdi.
Haydovchi farg‘onalik 60 yoshli shaxs bo‘lgan, boshqa qurbonlarning shaxsi esa hali aniqlanmagan.
“Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston FVVga ma’lumot yuborildi. Voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun hodisa joyiga qutqaruvchilarning navbatchi guruhi jo‘natildi”, — deyiladi Tojikiston FVV xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!