Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” harakatining qamoqxonalarida 19 ming kishi, jumladan, 800 nafar ayol saqlanmoqda. Bu haqda "Aamaj News" nashri xabar berdi.
Shuningdek, “Tolibon” qamoqxonalar departamentining harbiy o‘rinbosari Habibulla Badr tegishli ma’lumotni e’lon qildi. U Afgʻoniston Milliy televideniyesiga qamoqxonalarda siyosiy mahbuslar yo‘qligini va bu mahbuslarning barchasi jinoyatlarda ayblanayotganini aytdi. “Tolibon” jinoyat sabablarini keltirmagan bo‘lsa-da, ushbu qamoqxonalarda xorijlik mahbuslar saqlanmoqda.
Badr mazkur muassasasalarda 9000 nafar politsiyachi ayol ishlashini ta’kidladi. BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) “Tolibon” razvedka boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining hibsxonalarida mahbuslarni qiynoqlarga solish holatlaridan xavotir bildirdi. Ammo “Tolibon” amaldori mazkur ayblovni rad etadi.
.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!