Soʻnggi haftalarda jahon kinoprokatida yuqori oʻrinlardan birini egallab turgan “Top Gan: Meverik” filmi mualliflarini sudga berishdi. Gap shundaki, ushbu film 1986-yilda suratga olingan “Eng mohir mergan” filmining davomi hisoblanadi. Birinchi film ssenariysi Exud Yonay tomonidan yozilgan. Ijodkorning bevasi va oʻgʻli “Top Gan: Meverik” filmi ijodkorlari ssenariynavisning gʻoyasidan ilhomlanganlari, ammo undan foydalanish uchun oila aʼzolaridan ruxsat olmaganlarini aytishgan.
Film ssenariysi 1983-yilda yozilgan. Ssenariynavisning rafiqasi va oʻgʻli film ijodkorlari hamda uni suratga olgan “Paramount Pictures” kompaniyasidan yetkazilgan zararni qoplab berishni, shuningdek filmning tarqatilishi va kelgusida yangi sikvellar suratga olishni taqiqlashni talab qilishmoqda.
“Paramount Pictures” kompaniyasi esa ushbu ayblovlar mutlaqo asossiz ekanligini aytib oʻtgan.
Eslatib oʻtamiz, “Top Gan: Meverik” filmi rejissyor Jozef Kosinski, “Eng mohir mergan” filmi esa Toni Skott tomonidan suratga olingan. Har ikki filmda ham bosh rolni Gollivud yulduzi Tom Kruz ijro etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!