Qozog‘iston Prezidenti Boku va Yerevanga tinchlik muzokaralarida istalgan vaqtda yordam berishini aytdi. Bu haqda Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti chog‘ida ma’lum qilgan.
“Qozog‘iston doimiy ravishda tinchlikparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz istalgan vaqtda Boku va Yerevan o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari uchun o‘z maydonchamizni taqdim etishga tayyormiz”, – degan davlat rahbari o‘z nutqida.
Shuningdek, To‘qayev har qanday ziddiyat va qarama-qarshiliklarni hal qilishning faqat bitta samarali usuli borligini, bu - konstruktiv muloqot ekanligini ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!