$
12190.43 UZS
49.05
162.09 UZS
1.83
14362.76 UZS
49.29
31° Kechasi 18°

Toshkent va Andijonda yirik narkolaboratoriya fosh etildi

16:54 / 12.02.2026

Bojxona qo‘mitasining Toshkent va Andijon viloyatlari bojxona boshqarmalarining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari boshqarmalari hamda Ichki ishlar idoralari vakillaridan iborat maxsus tezkor guruh sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelingan yirik narkolaboratoriya faoliyatini fosh qilishdi.

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dastlab Toshkent viloyatining Zangiota tumanida oldindan kuzatuvga olingan shaxs to‘xtatilib, tekshirilganida uning yonida 2 ming so‘mlik kupyuraga o‘ralgan holatda 0,13 gr “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanadi.

Narkojinoyatning ildiziga yetib borish va to‘liq bartaraf etish maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning ko‘rsatmasiga asosan Toshkent katta halqa yo‘lining Zangiota tumanidan o‘tuvchi qismidagi yo‘l chetida joylashgan ombor ko‘zdan kechiriladi. Natijada bu yerda 5 dona metall va yelim idishlarda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qo‘llaniladigan 900 litr prekursor saqlanayotganligi aniqlangan.

Kalavaning uchi tezkor xodimlarni Andijon viloyati sari yetakladi. Tezkor tadbirda yana 2 nafar shaxs shubha ostiga olinib, yashirin kuzatilganida ular turli manzil havolalar bo‘yicha ko‘mib qo‘yilgan 100 litr suyuq va 25 kg kukun ko‘rinishidagi prekursorlarni yashirilgan joyidan olib, Andijon shahrining Bog‘ishamol mahallasidagi dala hovliga olib borishadi.

Tezkor tadbir davomida ushbu dala hovli ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda yashirin narkolaboratoriya tashkil qilingani fosh bo‘ladi.

Dala hovlida jami 26 kg og‘irlikdagi “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, noma’lum kimyoviy suyuklik shaklidagi 5 turdagi 590 litr prekursorlar saqlanayotganligi aniqlangan.

Dastlabki tekshiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, ushbu 2 nafar shaxs ijtimoiy tarmoqlardagi “Saymon” laqabli moliyaviy rahnamosi ko‘magida 15 ming 800 AQSh dollariga ushbu dala hovlini sotib olishgan va narkolaboratoriya tashkil qilishgan.

Shunday qilib, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar yakunida 26 kg og‘irlikdagi “mefedron” hamda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qo‘llaniladigan salkam 1,5 tonna prekursorlar va kimyoviy suyuqliklar, turli maxsus anjomlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 


O‘zbekiston


														
														Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi kapsulalari ichidan sintetik narkotiklar aniqlandi

Sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan qo‘shimchalar ichidan qiymati 350 ming dollarga teng sintetik narkotik modda fosh etildi.
17:52 / 15.04.2026

														
														Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Yangiyo‘lda 2 nafar bank xodimi narkotik ortidan qamoqqa olindi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ulardan ushbu giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
17:29 / 15.04.2026

														
														16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:00 / 15.04.2026

														
														Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

Prezident Sindorovni shaxsan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javokhir Sindarov bila…
16:14 / 15.04.2026

														
														“Xalqlar do‘stligi saroyi”dan bannerlar olib tashlandi

“Xalqlar do‘stligi saroyi”dan bannerlar olib tashlandi

Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida o‘rnatilgan reklama bannerlari olib tashlandi.
14:54 / 15.04.2026

														
														Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

Toshkentda “prava”siz va raqamsiz harakatlangan yigitlar jazolandi

11-mart kuni Toshkentda 3 nafar yigit haydovchilik guvohnomasiz, davlat raqami yechilgan hamda miltillovchi chiroqlar o‘rnat…
12:43 / 15.04.2026

														
														Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

Toshkent metrosida poyezd eshigi yopilmasdan harakatlandi

14-aprel kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilm…
12:35 / 15.04.2026

														
														Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sudya va bank xodimi ishtirokidagi korrupsiya sxemasi fosh etildi

Sirdaryo viloyatida sud tizimi va bank sohasi vakillari ishtirok etgan korrupsion holat fosh etildi. Tezkor tadbir davomida …
11:43 / 15.04.2026

														
														Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekist…
10:29 / 15.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

"Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni…
09:15 / 15.04.2026

Bu ham qiziq

“Biz do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga tabriklar yubormaymiz” – Peskov

“Biz do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga tabriklar yubormaymiz” – Peskov

Kreml “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Magyarni Vengriya parlament saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklamaydi
17:32 / 13.04.2026
Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti lavozimidan voz kechdi

Tashiyev Qirg‘iziston futbol ittifoqi prezidenti lavozimidan voz kechdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari futbol ittifoqi prezidenti lavozimini tark etishini ma’lum…
14:40 / 15.04.2026
Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekist…
10:29 / 15.04.2026
Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

Poytaxt aeroportida 6,3 kg. “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

“Toshkent-Aero” IBKning “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari giyohvandlik vositalarini yashirincha o…
15:10 / 13.04.2026
14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

14-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:50 / 13.04.2026
Dono Boboxonova vafot etdi

Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. U milliy sahna san’ati rivoji…
15:16 / 15.04.2026
Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

Bu haqda, Aziz Obidov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
12:02 / 14.04.2026
Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron beshta arab davlatidan kompensatsiya talab qildi

Eron Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Iordaniyadan AQSh-Isroil operatsiyasidagi roli uchun kompensatsiya talab qil…
10:16 / 14.04.2026
16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

16-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:00 / 15.04.2026
Qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektor DXX tomonidan qo‘lga olindi

Qonundan ustun bo‘lishga uringan inspektor DXX tomonidan qo‘lga olindi

Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy boylik orttirish maqsadida xizmat mavqeini suiiste’mol qilish – jamiyat va davlat bos…
14:29 / 13.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!