Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman Soliq inspeksiyasi katta inspektori hamda Yangiyo‘l shahar Soliq inspeksiyasi sho‘ba boshlig‘i o‘zaro til biriktirib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida aniqlangan soliq qarzdorligini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilishadi.
DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Soliq inspeksiyasi katta inspektori so‘ralgan pul mablag‘idan 4500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
DXX tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimi qizilmiya ildizini qayta ishlashga ixtisoslashgan xususiy korxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etgan 2 nafar ishchining shartnoma asosida qonuniy ishlagani haqida xulosa berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!