Toshkent viloyatida yong‘inlarni avtomatik tarzda payqaydigan birinchi kamera o‘rnatildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu kamera yong‘in kabi xavfli vaziyatlarni aniqlash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkoniga ega.
Bu texnologiya yong‘in kabi xavfli vaziyatlarni erta bosqichda yuqori aniqlik bilan aniqlash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkonini beradi.
Kamera nazorat qilinadigan hududdagi vaziyatni kuzatib boradi va yong‘inni keltirib chiqaradigan issiq haroratni payqaydi.
Kamera parametrlar me’yordan oshib ketganini aniqlasa, u avtomatik ravishda qutqaruv xizmatlarini xabardor qiladi. Bu ham ma’muriy, ham turar joy obyektlarini, shuningdek, turizm hududlarini samarali himoya qilishga yordam beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!