Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining xonadondagi yashirin ombori fosh qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Sergeli tumanidagi avvaldan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan va turli yo‘llar bilan respublikamizga olib kirilgan 162 ming 153 dona salyutlar va petardalar saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, ammo raqamli markirovka kodlariga ega bo‘lmagan 9500 quti tamaki mahsulotlari ham saqlanayotgan ekan.
Tezkor tadbir davomida olib qo‘yilgan pirotexnika vositalari va tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 mlrd so‘mdan oshmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!