Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
28-noyabr kuni soat 16:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik Shox - Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan haydovchilar; 1958-yilda tug‘ilgan T.R. boshqaruvidagi “Hongi EQM 5” rusumli transport vositasi, 1994-yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli transport vositasi, 1988-yilda tug‘ilgan X.U. boshqaruvidagi “Tracker 2” rusumli transport vositasi, 1998-yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvida bo‘lgan “NEXIA 3” rusumli transport vositasi hamda 1982-yilda tug‘ilgan T.M. boshqaruvida bo‘lgan “Onix” rusumli transport vositalari oraliq masofaga amal qilmasdan to‘qnashuv sodir etganlar.
“YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda” – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!