$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

“Toyota” yangi super avtomobilni taqdim etdi

08:16 / 31.07.2022

Yaponiyaning eng yirik avtomobil brendi hisoblangan “Toyota” ayni kunlarda AQShda modadan qolgan “Avalon” o‘rnini bosuvchi yangi nom – “Crown”ni sotuvga chiqardi. U sedan va krossover uyg‘unligida yaratilgan.

1955-yilda Yaponiyada “tug‘ilgan” “Crown” o‘z vatanida eng ko‘p sotiladigan mashinalardan biri hisoblanadi, ammo shu paytgacha amerikalik avtoulovchilar uchun deyarli nomaʼlum edi. Chet ellik foydalanuvchilarga yoqimli bo‘lishi uchun “Toyota” o‘zining konservativ yo‘nalishlaridan voz kechib, yanada zamonaviy, futuristik tashqi ko‘rinishga ega obro‘li avtomobilni dunyo bozoriga olib chiqdi.

Maʼlum bo‘lishicha, unga to‘liq standartli LED faralar o‘rnatilgan, shuningdek, kunduz kuni ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus chiroqlar ham mavjud. Bamper to‘rli alyuminiy panjara dizayni bo‘yicha jihozlangan, 21 dyuymli g‘ildiraklar va Michelin shinalarga (20 va 19 shinalari ham mavjud) ega.

Qizig‘i shundaki “Crown” yon tomondan xechbekka o‘xshaydi, lekin aslida u standart yukxonaga ham ega. Muhimi, fasad uchun yorqin qora rang ishlatilmaydi va salon charm o‘rindiqlar bilan mustahkamlangan. Konditsioner rozetkalari atrofida chiziq bo‘ylab bezatilgan bronza-mis qoplamasi ichki muhitga o‘ziga xos ko‘rinish beradi. 12,3 dyuymli sensorli ekran esa butunlay yangi operatsion dasturiy taʼminot va gibrid quvvat oqimi grafikasiga ega.

Shuningdek, unga maxsus kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, bu avtomobil atrofini virtual tarzda ko‘rish imkonini beradi va tunda haydovchi uchun qulaylik yaratadi. Hashamatli sedan yangi “Crown” lyuk, 8 yo‘nalishda quvvat bilan sozlanuvchi elektr old o‘rindiqlar va ixtiyoriy JBL 11 dinamikli ovoz tizimiga ega.

Rul ortidagi 12,3 dyuymli ekrandan quvvatni nazorat qilish, “Eco”, “Comfort”, “Normal”, “Sport C”, “Sport +” va “Custom” rejimlarini tanlash va ularni aks ettiruvchi barcha kerakli maʼlumotlarni olish mumkin.

Yangi “Crown” sotuvga chiqarilayotganda ikkita quvvat uzatmasi taqdim etiladi. Masalan, “Platinum” modeli uchun 340 ot kuchiga ega gibrid 2,3 litrli turbo zaryadlangan 4 silindrli dvigateldan foydalaniladi. U 28 mpg quvvatga ega. XLE va Limited modellari 2,5 litrli to‘rt silindrli va uchta elektr motordan foydalanadigan kamroq kuchli 236 ot kuchiga ega gibrid tizimga ega.

“Toyota” avtomobillarining aksariyati haydovchiga yordam berishning standart xususiyatlariga ega va “Crown” ham bundan mustasno emas. Barcha modellar avtomatlashtirilgan favqulodda tormozlash, moslashtirilgan yo‘l nazorati, navbatni ushlab turish tizimi, avtomatik faralar va boshqa funksiyalarni o‘z ichiga olgan to‘plamlar bilan taʼminlangan.

Qayd etish mumkin, XLE modeli narxi taxminan 41 000 dollardan boshlanadi, “Limited” taxminan 45 000 dollarni tashkil qilsa, “Platinum” 49 000 dollar atrofidagi boshlang‘ich narxga ega bo‘ladi.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
09:48 / 04.07.2025
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar…
11:10 / 03.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ma’lumot uchun, Ijevsk Rossiya Federatsiyasidagi Udmurtiya Respublikasining poytaxti hisoblanadi. Shahar mashinasozlik va qu…
14:42 / 01.07.2025
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy…
13:13 / 02.07.2025
O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025
Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
10:02 / 02.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!