Turkiya janubi-sharqidagi Mardin viloyatida joylashgan qadimiy Dara shahrida olib borilgan qazishmalar chog‘ida 1500 yillik suvi kanali topildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mardin muzeyi nazorati ostida qazish ishlari 38 yil avval, Mardin viloyati ma’muriy markazidan 30 kilometr uzoqlikda boshlangan.
Hozir ham qadimiy shaharning savdo maydonida arxeologik qazishmalar olib borilmoqda.
“Sharqiy Rim imperiyasi Sosoniylar bosqinidan himoya qilish maqsadida Dara shahrini qurdi. Rim kanali bilan birga 10 ta savdo joyi aniqlangan. O‘z vaqtida tumanga ichimlik suvi olib kelingan kanalga ikki tonnaga yaqin tosh to‘plangan edi. “Arxeologlar kanalning 30 metrlik qismini topdilar”, deydi Anadolu.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!