$
12002.93 UZS
-1.55
₽
146.74 UZS
0.18
€
13156.41 UZS
0.7
31° Kechasi 18°

“Twitter” Ilon Mask ishi bo‘yicha maxsus surishtiruv boshladi

13:11 / 03.08.2022

Huquqiy ekspertlarning ta’kidlashicha, “Twitter” Ilon Mask ushbu ijtimoiy media kompaniyasini 44 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha shartnomani moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishga uringani haqidagi dalillarni topishga harakat qilmoqda va shu bilan birga uning kelishuvdan voz kechish sabablarini o‘rganishni boshladi.

So‘nggi ikki kun ichida Delaver sudiga topshirilgan hujjatlarga ko‘ra, “Twitter” shu hafta Morgan Stenli bo‘linmalari, bitim bo‘yicha qo‘shma investorlar, shu jumladan “Brookfield Asset Management” filiali va Mask maslahatchilari ishi bo‘yicha global banklarga o‘nlab fuqarolik chaqiruv qog‘ozlarini yubordi.

Chaqiruvlar bitim, uni moliyalashtirish, “bot” yoki soxta “Twitter” akkauntlari haqidagi har qanday ma’lumotga oid hujjatlar va xabarlarni talab qiladi. Ular, shuningdek, qabul qiluvchilar Mask bosh ijrochi direktor bo‘lgan “Tesla” elektromobil ishlab chiqaruvchisi aksiyalari narxidagi o‘zgarishlarning bitimga potensial ta’siri haqida ma’lumot izlaydilar.

Chaqiruv varaqalari “Twitter”ning Maskka qarshi da’vosining bir qismi bo‘lib, uni o‘zi rozi bo‘lgan aksiya narxi 54,20 dollar bo‘lgan bitimga qo‘ymoqchi. Joriy yilning 17 oktyabrida Delaver kanseriyasi sudida besh kunlik sud jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chaqiruv qog‘ozlari “Twitter” kreditorlar, investorlar va maslahatchilar aprel oyi oxirida shartnoma imzolaganidan so‘ng Maskning xatti-harakati haqida aytilgan fikrlar to‘g‘risida xabardor bo‘lish uchun jo‘natilgan.

“Ular parda ortida hamma narsani portlatish uchun til biriktirgan deb gumon qilinyapti”, – dedi “Uconn” yuridik maktabi professori Minor Mers.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask 8 iyul kuni kelishuvdan voz kechganini ma’lum qilgan edi, chunki “Twitter” platformadagi soxta akkauntlar haqidagi ma’lumotlarni yashirib, shartnomani buzgan. Kompaniya soxta akkauntlar muhim bo‘lgan yagona masala va bu kelishuv shartlaridan chalg‘itishini aytdi.

Mask, shuningdek, “Twitter” yuqori martabali rahbarlar va iste’dodli kadrlarni jalb qilish bo‘yicha guruhning uchdan bir qismini ishdan bo‘shatib, platformaning “hozirgi biznes tashkiloti moddiy tarkibiy qismlarini sezilarli darajada saqlab qolish” majburiyatini buzgani uchun uni sotib olish fikridan qaytganiga ishora qilgan.

Yuridik ekspertlarning fikriga ko‘ra, agar moliyalashtirish muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, Maskka bitimni yopish buyrug‘i berilmaydi.

“Twitter”ning chaqiruvlari avvaliga Maskning bitimni moliyalashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlariga rahbarlik qilgan “Andreessen Horowitz” venchur kapitali (potensial o‘sib boruvchi kapital) firmasining operasion sherigi Bob Svonning ishdan bo‘shatilishiga qaratilgan edi. “Twitter”ning da’vosiga ko‘ra, uning o‘rniga Muskning uzoq yillik hamkori Antonio Gracias keldi.

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Gracias moliyalashtirishda qanday rol o‘ynagani yoki ishni qanchalik sekinlashtirgani to‘g‘risida bilishni xohlaydi. Gracias o‘zining “Valor Equity Partners” firmasiga yuborilgan izoh so‘roviga javob bermagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Twitter” kreditorlarning platformadagi soxta akkauntlar soni va Mask taklif qilganidek, ular uchun muammo bo‘lganligi haqidagi xavotirlarini tushunishdan manfaatdor bo‘ladi.

Investorlardan esa “Tesla” boshqaruv kengashining sobiq a’zosi hamda Ilon Mask tomonidan asos solingan va boshqariladigan “SpaceX” xususiy raketa kompaniyasining amaldagi direktori Stiv Jurvetson singari Maskka yaqin bo‘lgan odamlar bilan “Twitter” kelishuvi haqida xabar berish so‘ralgan. Kutilganidek Jurvetson ham o‘zining “Future Ventures” firmasiga yuborilgan izoh so‘roviga javobni kechiktirgan.

“Palantir Technologies” asoschilaridan biri Jo Lonsdeyl o‘z “Twitter” sahifasida “lol, TWTR advokatlari @elonmusk atrofidagi do‘stlariga chaqiruv qog‘ozlarini yuborishmoqda. Bir nechta nomaqbul izohlardan tashqari “SIZGA BUYRUQ BO‘LGAN” hujjat haqida xabar oldim, lekin mening bunga hech qanday aloqam yo‘q”, – deb yozdi u.

Lonsdeyl kompaniyaning chaqiruv qog‘ozlarini “baliq ovlashning ulkan ekspedisiyasi” sifatida baholadi.

Delaver shtatidagi korporativ sudlanuvchi Teodor Kittilaning aytishicha, “Twitter” Maskning platformadagi botlar va soxta akkauntlar bo‘yicha qanday “qayg‘urayotgani” haqida maxsus tvitlar jo‘natib, ular orqali shaxsiy fikrini aniqlashga harakat qilmoqda.

“Ular elektron pochta xabarlarini ko‘rib chiqmoqdalar va haqiqatda sodir bo‘lgan suhbatni va uning kelishuvni to‘xtatish qaroriga nima sabab bo‘lganini aniqlashga harakat qilmoqdalar”, – dedi Kittila.

Mask so‘nggi ikki kun ichida “Concentrix Solutions Corp” ma’lumotlar tahlili firmasiga va kontentni tartibga soluvchi “TaskUs USA”ga o‘zining chaqiruv qog‘ozlarini yubordi. Maskning savollari muhr ostida topshirilgan.


Qiziqarli


														
														Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namangan viloyatining Uyçi tumanida telefon ustaxonasiga eşik qulfini buzib kirib, 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoş…
09:47 / 18.11.2026

														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

Bu ham qiziq

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Mahalladagi muammo — katta siyosat markazida: ÖzLiDeP Kongressiga qanday takliflar tayyorlanmoqda?

Mahalladagi muammo — katta siyosat markazida: ÖzLiDeP Kongressiga qanday takliflar tayyorlanmoqda?

Biror uy mustahkam bölişi uçun avvalo uning poydevori baquvvat qurilişi kerak. Siyosiy jarayonlarda ham xuddi şunday: quyi b…
15:00 / 23.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!