$
12091.22 UZS
9.59
149.16 UZS
-1.28
13844.45 UZS
7.36
31° Kechasi 18°

Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi mumkin

11:16 / 22.03.2025

AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili – Moskva va Vashington o‘rtasida Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan diplomat Stiv Uitkoff Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lum qildi.

“Ular (saylovlar) bo‘ladi. Ukraina rahbariyati bunga rozi bo‘ldi. Ukrainada saylovlar bo‘lib o‘tadi”, – degan Uitkoff.

Shuningdek, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning idorasi rahbari Andrey Yermak Ukraina NATOga a’zo bo‘la olmasligini deyarli tan olganligini aytib o‘tgan. Ukrainaning NATOga qo‘shilishdan voz kechishi Rossiyaning asosiy talablaridan biri sanaladi.

Uitkoffning aytishicha, shunga qaramay, Ukrainaga NATOning 5-moddasiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish masalasi muhokamada qolmoqda. Mazkur modda bo‘yicha ittifoqqa a’zo davlatga qilingan hujum NATOning barcha a’zolariga qilingan hujum sifatida baholanadi.

Bundan tashqari, Uitkoff muzokaralar doirasida Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ham muhokama qilinayotganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim maqsad – 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va bu vaqt ichida doimiy sulh yuzasidan muzokaralar olib borish. Bundan tashqari, u AQSh ma’muriyati Ukraina uchun adolatli kelishuvga erishish tarafdori ekanini, biroq uchinchi jahon urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymasligini qo‘shimcha qilgan.

Uitkoff, shuningdek, Rossiyaning Yevropaga hujum qilish rejasi yo‘qligiga to‘liq ishonishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Rossiya rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv yaqin bir necha oy ichida bo‘lib o‘tadi.


Bu ham qiziq

Donald Tramp:  Zelenskiy bilan kelishuv Putinga qaraganda ancha qiyinroq

Donald Tramp:  Zelenskiy bilan kelishuv Putinga qaraganda ancha qiyinroq

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan kelishuvga erishish Rossiya Prezidenti Vladimir Put…
15:44 / 15.03.2026
Eron Ukrainaga hujum qilish bilan tahdid qildi

Eron Ukrainaga hujum qilish bilan tahdid qildi

Bu haqda Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi raisi Ibrohim Aziziy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’l…
11:50 / 15.03.2026
“Manchester Siti” ochko yo‘qotgan bahsda Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Siti” ochko yo‘qotgan bahsda Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Siti” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasi 30-turidan o‘rin olgan “…
08:59 / 15.03.2026
O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish va sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islo…
13:20 / 16.03.2026
Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadb…
14:27 / 16.03.2026
Rossiya Eronga “Shahed” dronlarini yetkazib bermoqda – Zelenskiy

Rossiya Eronga “Shahed” dronlarini yetkazib bermoqda – Zelenskiy

Zelenskiy telekanal muxbiri Farid Zakariyaga bergan intervyusida Eron AQSh bazalariga hujum qilish uchun Rossiyada ishlab ch…
16:27 / 15.03.2026
Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qo‘lga olingan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga ushbu davlatda mehnat qilayotgan vatandoshimiz yordam so‘rab m…
12:10 / 16.03.2026
Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 16-mart uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni havo harorati ko‘tarilishda davom etad…
13:32 / 15.03.2026
Bo‘kada qarzdorlikni uzaytirib berish evaziga pora talab qilgan soliqchi ushlandi

Bo‘kada qarzdorlikni uzaytirib berish evaziga pora talab qilgan soliqchi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so…
08:24 / 16.03.2026
O‘zbekistonda AI-92 benzin narxi bir kunda 7,4 foizga oshdi

O‘zbekistonda AI-92 benzin narxi bir kunda 7,4 foizga oshdi

O‘zbekiston xomashyo bozorida AI-92 benzinining narxi bir kunda sezilarli darajada oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika to…
15:22 / 14.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!