Yo‘lovchilarning yuqori talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, 2021-yilning 24-dekabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Dehliga va ortga parvozlarning ikkinchi chastotasini joriy qiladi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda, Toshkent– Dehli–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marotaba – seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkent–Dehli (Toshkent vaqti bilan): jo‘nab ketish 02:15, manzilga yetib borish 05:45;
- Dehli–Toshkent (Dehli vaqti bilan): jo‘nab ketish 08:15, Toshkentga yetib kelish 10:45.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 2 million 282 850 so‘m (bagajsiz) va 2 million 612 459 so‘m (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 3 million 922 586 so‘m (bagajsiz) va 4 million 435 311 so‘m (bagaj bilan birga).
Narxlar 2021-yil 17-dekabr holatiga ko‘ra amal qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!