$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

Xarid cheki bo‘yicha jo‘natiladigan shikoyatlar soniga cheklov qo‘yildi

15:49 / 30.05.2022

Davlat soliq qo‘mitasining maʼlum qilishicha, joriy yil 1-iyundan boshlab tizimda ayrim o‘zgarishlar bo‘ladi.

Jumladan, “Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi.

Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Shuningdek, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Bundan tashqari, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

Qolaversa, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlari izchil davom ettiradi.


Bu ham qiziq

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
17:31 / 21.11.2024
“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

“Zapravka”lar haqida ma’lumot beruvchi yangi ilova ishga tushdi

Ilova “Avto24” deb nomlanadi.
16:58 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston R…
17:23 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh Ukrainaga eski ATACMS raketalarini sotgan

AQSh harbiy byudjetini tahlil qilib, o‘z arsenalini modernizatsiya qilish uchun Kiyevga eskirgan ATACMS raketalarini yuborga…
11:34 / 21.11.2024
Poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning ayrim hududlarida tabiiy gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
10:49 / 22.11.2024
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024
Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024
Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Toshkentda soxta IIO xodimlari ushlandi

Muqaddam bir necha bor sudlangan bu ikki shaxs oldidan kuchli ta’sir qiluvchi doriga o‘xshash moddalar topilgan.
11:37 / 22.11.2024
Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston milliy stendi xalqaro standartlarga javob beradigan innovatsion ishlanmalar va yuqori sifatli mahsulotlarni taqd…
20:52 / 20.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!