Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlarining Tayvanga qurol yetkazib berishiga keskin munosabat bildirib, bunga javoban “kuchli qarshi choralar” qabul qilishini e’lon qilgan.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qilishini ma’lum qilgan.
Pekin Vashingtonni Tayvanga qurol yetkazib berishni darhol to‘xtatishga chaqirar ekan, uni o‘zining isyonkor provinsiyasi deb hisoblashini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Ushbu bayonot AQSh Davlat departamentining Taypeyga 385 million dollarlik qurol, jumladan, F-16 jangovar samolyotlari uchun ehtiyot qismlar va radiolokasiya tizimlarini sotishni ma’qullashi ortidan e’lon qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!